Shimoliy Koreya raketa uchirgani uchun tanqid ostida

  • Amerika Ovozi

Uzoq masofali raketa uchirilmoqda

Uzoq masofali raketa uchirilmoqda

Jahon hamjamiyati Shimoliy Koreyani uzoq masofali raketani uchirgani uchun keskin tanqid qilmoqda. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Pxenyanni BMT Xavfsizlik Kengashining ballistik raketa texnologiyasidan foydalanishni man qiluvchi rezolyutsiyasini buzganlikda aybladi.

AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Raysning aytishicha, Shimoliy Koreyaning bu harakati mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtiradi.

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Gven Xe raketaning uchirilishini toqat qilib bo'lmaydigan provokatsiya deb atadi. Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe esa mamlakati va xalqi xavfsizligi yo'lida zarur choralar ko'rilishini aytdi. Britaniya va Fransiya ham qoralovchi bayonotlar bilan chiqdi.

Yakshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolari AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya iltimosiga ko'ra to'planib, raketa uchirilishini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi.

Pxenyanning Rossiya va Xitoy kabi ittifoqchilari ham uning bu harakatidan bezovta.

Shimoliy Koreya raketa yordamida orbitaga sun'iy yo'ldosh chiqarganini da'vo qilmoqda. Biroq tanqidchilar nazarida, Pxenyan yadro zaryadini tashiy oladigan uzoq masofali raketalar yaratish ustida ish olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG