Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechishga tayyor

Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechishga tayyor

Shimoliy Koreya yadro dasturiga doir olti tomonlama muzokaralarni tezroq boshlashga chaqirmoqda.

O'tgan hafta Nyu-Yorkda AQSh rasmiylari bilan muloqot qilgan bu davlat vakillari 2005-yilda qabul qilingan bitimni bajarishga tayyormiz, demoqda. Unga ko'ra, yadro dasturidan voz kechish evaziga yirik davlatlar Shimoliy Koreyaga diplomatik va iqtisodiy imtiyozlar beradi.

Nyu-Yorkdagi muloqotda AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilgan maxsus elchi Stiven Bosvortning aytishicha, muzokaralarni jonlantirishdan oldin rasmiy Pxenyan majburiyatlarni bajarayotgani haqida dalil bo'lishi lozim.

Ammo Shimoliy Koreya muzokarani shartsiz boshlashni taklif qilib, tomonlar harakatini bir vaqtning o'zida qilsin, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG