Janubiy Koreya: Shimol uchinchi bor yadro qurolini sinamoqchi

  • Amerika Ovozi

Oy boshida shimol uzoqqa uchadigan raketani orbitaga yuborib, ob-havoni kuzatuvchi sun’iy yo’ldosh joylash niyatini bildirgan edi

Oy boshida shimol uzoqqa uchadigan raketani orbitaga yuborib, ob-havoni kuzatuvchi sun’iy yo’ldosh joylash niyatini bildirgan edi

Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabariga ko’ra, Shimoliy Koreya uchinchi bor yadro qurolini sinashga hozirlik ko’rmoqda.

Janub razvedka xizmati sun’iy yo’ldosh orqali olgan su’ratlar buni tasdiqlaydi, deyiladi xabarda. Ushbu ma’lumot qo’shnilarni vahimaga solishi aniq, deydi tahlilchilar. Yo’qsil kommunistik davlat 2006-yil oktabri va 2009-yil mayida shimoli-g’arbdagi ayni ob’yektda yadro qurolini sinagan.

Shu yilning fevralida Pxenyan yadro aslahalarini sinamaslik, uranni boyitmaslik va uzoq masofaga raketa otmaslikka va’da bergan edi. Evaziga xorijdan yegulik va boshqa insonparvarlik yordami olmoqda.

Lekin oy boshida mamlakat uzoqdagi nishonni uradigan raketani uchirib, orbitaga ob-havoni kuzatuvchi sun’iy yo’ldosh joylash niyatini bildirgan.

G’arb va Janubiy Koreya fikricha, Pxenyan aslida raketani sinab ko’rmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG