AQSh: Pxenyan amerikalik mahbuslarni ozod etsin

  • Amerika Ovozi

AQSh fuqarosi Mettyu Miller Shimoliy Koreya sudi tomonidan josuslikda aybdor topilib, mehnat koloniyasida olti yillik jazoga mahkum etilgan, Pxenyan, 14-sentabr, 2014-yil

AQSh fuqarosi Mettyu Miller Shimoliy Koreya sudi tomonidan josuslikda aybdor topilib, mehnat koloniyasida olti yillik jazoga mahkum etilgan, Pxenyan, 14-sentabr, 2014-yil

Qo’shma Shtatlar Shimoliy Koreyadan amerikalik ikki mahbusni ozod etishni so’ramoqda. Yana bir amerikalik sudini kutmoqda.

AQSh vakili Darbi Xolladeyning aytishicha, 24 yashar Mettyu Miller o’tgan hafta josuslikda aybdor topilib, mehnat koloniyasida olti yillik jazoga mahkum etilgan. 2012-yilda hibsga olingan 46 yashar Kennet Bey esa 15 yillik qamoq jazosini o’tamoqda.

Miller ustidan sud bir yarim soat davom etgan. Assoshieytid Press axborot agentligi jurnalistiga uni kuzatishga ruxsat berilgan.


AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Meri Xarfning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Pxenyandan ularni ozod etishni so’ragan.

Yana bir amerikalik, aprelda hibsga olingan 56 yoshli Jeffri Faul ustidan esa sud endi bo’lib o’tadi.

AQShning Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalari bo’lmagani bois ikki tomonlama muloqot Shvetsiya diplomatlari orqali olib boriladi. Ular Faul bilan bir marta, Miller bilan ikki bor, Bey bilan esa 12 marta ko’rishgan.

O’tmishda AQShning ko’zga ko’ringan siyosiy arboblari, jumladan sobiq prezidentlari Jimmi Karter va Bill Klinton, vositachi sifatida amerikalik mahbuslarning ozod etilishiga hissa qo’shgan edi.

Ba’zi tahlilchilar nazarida AQSh diqqatiga tashna Shimoliy Koreya Vashington bu safar ham biror yuqori martabali vakilini yuboradi deya umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG