Shimoliy Koreya ikki amerikalikni qamoqdan chiqardi

  • Amerika Ovozi

Kennet Beyni AQSh harbiy bazasida oilasi kutib olmoqda, Vashington shtati, 8-noyabr, 2014-yil

Kennet Beyni AQSh harbiy bazasida oilasi kutib olmoqda, Vashington shtati, 8-noyabr, 2014-yil

Shimoliy Koreya tomonidan ozod etilgan ikki amerikalik vataniga qaytgan. Kennet Bey va Mettyu Miller Vashington shtatidagi harbiy bazaga yetkazilgan. Beyni oilasi va onasi kutib olgan.

Harbiy bazada uyushtirilgan matbuot anjumanida Kennet Bey uning o'gir kunlarida uni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik izhor etdi.

So'nggi ikki yilda meni ozod etish uchun harakat qilgan barchadan, men uchun ibodat qilgan minglab odamlardan minnatdorman. Meni va Shimoliy Koreya xalqini unutmaganingiz uchun rahmat, dedi Bey.

Sobiq mahbus koreys millatiga mansub amerikalik bo'lib, missionerlik bilan shug'ullangan. U Shimoliy Koreyada turizm sohasida ishlagan. 2012-yilda hukumatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, hibsga olingan edi.

"So'nggi ikki yilda ko'p narsalarni o'rgandim, ulg'aydim, ozdim", - dedi u matbuot anjumanida.

Shimoliy Koreya qamog'idan ozod etilgan Miller aprel oyida Pxenyan aeroportida sayyohlik vizasini yirtib tashlab, boshpana so'ragani uchun qamalgan edi.

Prezident Barak Obama vatandoshlarining ozod etilib, Amerikaga eson-omon qaytganidan xursand ekanini aytdi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Shimoliy Koreyaning bu harakatini insonparvarlik ishorasi deb atadi.

Yaqingacha bu mamlakat qamoqxonalarida uch amerikalik saqlanayotgan edi. Bir necha hafta oldin Jeffri Faul ozod etilgan. U tungi klubda injilni tashlab ketgani uchun qamalgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG