Shimoliy Koreya ishdan chiqarilgan reaktorni tiklamoqda

  • Amerika Ovozi

Yonbyon reaktori, 2008-yilda olingan fotosurat, Shimoliy Koreya

Yonbyon reaktori, 2008-yilda olingan fotosurat, Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreya Yonbyondagi reaktorni qayta ishga tushirayotganini ma’lum qilmoqda. Davlat matbuotiga ko’ra, xalqaro iqtisodiy yordam evaziga 2007-yilda yopilgan reaktor qayta ochilib, uranni boyitish ishlari jonlanadi.

Qurol va elektr energiyani ishlab chiqarishda davom etamiz, deyiladi agentlik xabarida. Yonbyon reaktorining quvvati besh megavatt ekani aytilmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, Shimoliy Koreya xalqaro hamjamiyat bilan to’qnashuv yo’lidan ketmoqda.

"Inqiroz yanada chuqurlashmoqda", - deydi BMT rahbari. "Hech kim Shimoliy Koreyaga hujum qilishni istamaydi, mojaroni muzokara orqali hal etish lozim".

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning aytishicha, atom qurolini yaratish uning davlati oldida turgan yuksak maqsadlardan biri.

Janubiy Koreya qo’shni davlatning so’nggi bayonotidan afsusda ekanini aytib, Pxenyanni xalqaro bitimlarga rioya qilishga chaqirdi.

Mutaxassislarga ko’ra, reaktor ishga tushgandan keyin yadro bombasini yaratish uchun yetarli miqdorda plutoniy ishlab chiqarishga kamida bir yil ketadi. Shimoliy Koreya tasarrufidagi plutoniydan ayni damda sakkizta atom bombasi yasash mumkin, deydi ekspertlar.

Pxenyan 2006-, 2009- va joriy yil fevralida yadro sinovlarini o’tkazgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG