Shimoliy Koreya raketani xorij jurnalistlariga namoyish etdi

  • Amerika Ovozi

"Har bir mamlakat tinch yo'lda fazoviy tadqiqotlar olib borishga haqli"

"Har bir mamlakat tinch yo'lda fazoviy tadqiqotlar olib borishga haqli"

Shimoliy Koreya shu hafta fazoga raketa uchirishdan oldin kutilmaganda xorijiy jurnalistlarni mamlakatga taklif qilgan. Ommaviy axborot vositalari xodimlari g’arbdagi “Unha-3” raketasini, boshqaruv pultini tomosha qilgan.

Pxenyan ta’kidiga ko’ra, maqsad orbitaga ob-havoni kuzatuvchi sun’iy yo’ldoshni joylashdan boshqasi emas.

“Har bir mamlakat fazoviy texnologiya ustidan ishlab, tinch maqsadda kosmosni tadqiq qilishga haqli”, - deydi Shimoliy Koreya mulozimi Jang Myong Jin.

Lekin Vashington va Seul kommunist o’lkani ballistik qurolni sinamoqchi ekanlikda gumon qilmoqda.

“Bu provokatsiya Koreya yarimoroli va Osiyoda tinchlikka raxna solishi aniq. Janubiy Koreya qurolli kuchlari o’z mamlakatini himoya qilib, tahdidga javob berishga tayyor”, - deydi janub Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Kim Min Suk.

Shimoliy Koreyaning eng yaqin ittifoqchisi Xitoy ham raketa parvozi haqidagi rejadan xavotirda.

Bundan tashqari, kecha Janubiy Koreya matbuoti razvedka xizmatiga tayanib kommunistik shimol yadro qurolini sinashga tayyorgarlik ko’rayotganini ta’kidlab chiqqan edi. 2006 va 2009-yillarda Pxenyan ayni ob’yektlarda yadro aslahasini sinab ko’rgan, deyiladi “Yonhap” axborot agentligi xabarida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG