Pxenyan Janubiy Koreyadagi xorijliklarni ogohlantirmoqda

  • Amerika Ovozi

Ikki Koreyani bir-biridan ajratuvchi zonaga yetaklovchi ko'prik

Ikki Koreyani bir-biridan ajratuvchi zonaga yetaklovchi ko'prik

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadagi xorijliklarga harbiy mojaro boshlanmasidan oldin mamlakatni tark etishni tavsiya qilmoqda. Davlat axborot agentligiga ko’ra, xorijiy sayyohlar va kompaniyalar o’z xavfsizligini o’ylab, zudlik bilan Seul va Janubiy Koreyadan chiqib ketishi zarur.

Shimoliy Koreya o’tgan hafta ham shu mazmunda ogohlantirish bildirib, Pxenyandagi elchixonalarga mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan edi.

Kecha matbuotda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuritilayotgan Keson sanoat majmuasidan 50 mingdan ziyod ishchisini chaqirib olishi haqida xabar tarqalgach, bugun shimollik xizmatchilar ishga chiqmagan.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening aytishicha, Pxenyanning bunday harakati u bilan biznes qilib bo’lmasligini ko’rsatmoqda.

"Sarmoyada natija va ishonch muhim rol o’ynaydi. Shimoliy Koreya kompleksda ishni to’xtatib, xalqaro bitim va va’dalarini buzmoqda. Bundan keyin hech bir davlat shimolga sarmoya kiritmaydi", - dedi janub rahbari.

Kesonda Janubiy Koreya kompaniyalari shimol ishchilari ishtirokida biznes qilib, Pxenyan iqtisodiyoti bundan har yili 90 million dollar daromad ko’radi.

Shimoliy Koreya urush ehtimoli haqida bong urar ekan, Yaponiya ballistik raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini poytaxt Tokio va atrofida o’rnatgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG