Orasi sovuq Shimoliy Koreya va AQSh diplomatlari nihoyat uchrashdi

  • Amerika Ovozi

Oraga sovuqlik olib kirgan bosh omillardan biri Shimoliy Koreya va AQSh ittifoqchisi Janubiy Koreya o’rtasidagi adovatdir. O'tgan yili yarim orolda urush ehtimoli yuzaga kelgan edi

Oraga sovuqlik olib kirgan bosh omillardan biri Shimoliy Koreya va AQSh ittifoqchisi Janubiy Koreya o’rtasidagi adovatdir. O'tgan yili yarim orolda urush ehtimoli yuzaga kelgan edi

Bir yarim yillik tanaffusdan so’ng orasi sovuq davlatlar Shimoliy Koreya va Amerika diplomatlari bugun Nyu-Yorkda uchrashmoqda.

Ikki kunlik muloqotdan umidimiz katta, deydi Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri muovini Kim Kay Gvan. Amerika delegatsiyasiga maxsus elchi Stiven Bosvort rahbarlik qilmoqda.

Shimoliy Koreya yadro dasturiga doir bu uchrashuv masalasida Amerika rasmiylari ancha ehtiyotkor.

Iqtisodiy jihatdan nochor kommunistik davlat 2005-yilda gumanitar yordam va diplomatik imtiyozlar evaziga yadro quroli yaratish niyatidan voz kechishini aytgan edi.

Biroq 2008-yilda xalqaro muzokarani tark etgan. Mana bir yildirki, Pxenyan muloqotni yangilash istagini bildirib keladi.

Holbuki, Nyu-Yorkdagi muzokaradan bir kun oldin Shimoliy Koreyaning BMTdagi elchisi Sin Son Xo Amerika yadro dasturini tanqid qilib chiqdi.

“Birovga maslahat berishdan oldin Qo’shma Shtatlar o’z yadro dasturini tugatsin. Lekin Amerika o’zining yadroviy qurolini yangilash bilan, raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini kengaytirish bilan band”, - dedi diplomat.

Oraga sovuqlik olib kirgan bosh omillardan biri Shimoliy Koreya va AQSh ittifoqchisi Janubiy Koreya o’rtasidagi adovatdir.

Rasmiy Seul Pxenyanni agressiv harakatda, 2009-yil kuzida Janubiy Koreyaga qarashli kemani cho’ktirib, o’nlab dengizchini o’ldirganlikda ayblab keladi.

O’tgan yilning oxirida Shimoliy Koreya janubga qarshi raketa hujumi uyushtirdi.

Seul Pxenyan kechirim so’rasin deya talab qildi, lekin kommunistik davlat rasmiylari janubni provokatsiyada aybladi. Aloqalar o’ta sovuqlashib, xatto urush xavfi yuzaga keldi.

Lekin kutilmaganda ikki davlat rasmiylari o’tgan hafta Indoneziyada samimiy gaplashib, til topishib, hammani hayron qoldirdi. Nyu-Yorkdagi muzokara ham o’shaning samarasi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG