Pxenyan AQShga bevosita muloqot taklif qildi

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un harbiylar davrasida

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un harbiylar davrasida

Shimoliy Koreya Qo’shma Shtatlarga yadro dasturi va xavfsizlik bobida yuqori darajada bevosita muloqot o’tkazishni taklif qildi.

Bu davlat Milliy mudofaa komissiyasi bayonotida aytilishicha, Vashington muloqot kuni va joyini tanlashi mumkin, biroq hech bir shart olg’a surmaydi.

Pxenyan nazarida muzokaralar Koreya yarimorolidagi taranglikni yumshatishga, mintaqada tinchlik va xavfsizlik o’rnatishga xizmat qilishi mumkin.

AQSh Milliy xavfsizligi kengashi matbuot kotibi Keytlin Xeyden Pxenyan bilan muloqotga tayyormiz, ammo bundan oldin Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari shartlarini bajarib, yadro dasturidan voz kechishi kerak, dedi.

"Biz bu davlatning so'zlari emas, harakatlariga qarab, xulosa qilamiz", dedi AQSh rasmiysi.

"Shimoliy Koreyaga qarshi yadro tahdidi saqlanib qolar ekan, atom dasturidan qaytmaymiz, Qo’shma Shtatlar bizga qo’yilgan barcha sanksiyalarni bekor qilishi kerak", deyiladi Pxenyan bayonotida.

Fevral oyida Shimoliy Koreya uchinchi bor yadro sinovini o’tkazgach, vaziyat yarimorolda yanada taranglashib, BMT Xavfsizlik Kengashi yangi sanksiyalar qo’llashga majbur bo’ldi. Shu hafta Pxenyan va Seul o’rtasida muzokaralar bo’lishi kerak edi, ammo ba’zi rasmiyatchiliklar tufayli, muloqot qoldirildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG