Breaking News

Shimoliy, Janubiy Koreya armiyasi jangovar holatga keltirilgan


Janubiy Koreya askarlari
Janubiy Koreya askarlari

Shimoliy Koreya armiyasi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

Mamlakat rahbari Kim Chen Unning aytishicha, qurolli kuchlar Shimoliy va Janubiy Koreya harbiylari o'q almashgan chegaraviy hududlarda to'qnashuvlarga shay.

Kim mamlakat harbiy komissiyasi bilan bugun favqulodda majlis o'tkazgan.

Janubiy Koreya ham jangovar tayyorgarlikni oshirgan.

Seul qo'shni Shimoliy Koreya bilan birgalikda ishga tushirilgan sanoat hududida odamlar qatnovini ham cheklagan.

Bularning bari payshanba kungi zo'ravonlik asoratidir.

Kecha Shimoliy Koreya chegarada Janubiy Koreyaga qarata o't ochgan. Bunga javoban janub ham shimolga o'q otgan.

Biror tomon talafot ko'rmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG