Qatliomda ayblanayotgan shaxs: Norvegiyani musulmon muhojirlar bosib ketdi

  • Amerika Ovozi

Breyvik o’tgan hafta Osloda bosh vazir idorasi yonida portlash sodir etib, poytaxt yaqinidagi yozgi lagerda hukmron partiyaning yoshlar qanoti vakillari yig’inida otishma boshlaganlik, terrorizmda ayblanmoqda

Breyvik o’tgan hafta Osloda bosh vazir idorasi yonida portlash sodir etib, poytaxt yaqinidagi yozgi lagerda hukmron partiyaning yoshlar qanoti vakillari yig’inida otishma boshlaganlik, terrorizmda ayblanmoqda

Norvegiyada o’tgan juma portlash sodir etganlik va otishma boshlab, 76 kishini o’ldirganlikda ayblanayotgan shaxs dushanba sudda so’roq qilindi.

32 yoshli Anders Bering Breyvikning sudi yopiq eshiklar ortida o’tmoqda.

Breyvik qilmishi sabablarini izohlash uchun jarayonga matbuot va jamoatchilikni jalb etishni so’ragan edi. U umrbod qamalishi mumkin.

Politsiya ta’rificha, ilk tinglovda u o’zini sovuqqonlik bilan tutgan.

Qatliomda ayblanayotgan shaxs: Norvegiyani musulmon muhojirlar bosib ketdi

Qatliomda ayblanayotgan shaxs: Norvegiyani musulmon muhojirlar bosib ketdi

Breyvik o’tgan hafta Osloda bosh vazir idorasi yonida portlash sodir etib, poytaxt yaqinidagi yozgi lagerda hukmron partiyaning yoshlar qanoti vakillari yig’inida otishma boshlaganlik, terrorizmda ayblanmoqda.

Advokatlarning aytishicha, Breyvik har ikki voqea uning ishi ekanini tan olsa-da, buni jinoyat deb ko’rmayapti. “Harakatlarim shafqatsiz, biroq Norvegiya jamiyatini uyg’otish uchun zarur edi”, - deydi u.

Sud paytida o’z pozitsiya-qarashlari bitilgan bayonotni o’qiy boshlagan Breyvikni sudya to’xtatgan. Shifokorlar uning ruhiy ahvolini tekshirishga tushgan.

“Anders Breyvik odam o’ldirish uchun emas, Norvegiyada musulmonlar okkupatsiyasini bas qiling, deya shunga qo’l urganini aytmoqda”, - deydi sudya Kim Xeger.

Oslo yaqinidagi Utoeva lagerida ro'y bergan otishma 68 odam bo'lgan

Oslo yaqinidagi Utoeva lagerida ro'y bergan otishma 68 odam bo'lgan

Londondagi Kingston Universiteti olimi, ekspert Andrea Mammon Yevropada o’ng qarashdagi, keskin choralarga moyil jamoalar bor, deydi.

“Bunaqangi mulohaza Yevropa uchun yangilik emas. Yevropa yaxlit bo’lishi, yevropaliklar ustun ekani, Yevropa madaniyati muhimroq ekani haqida bong uruvchi, qarashlari o’ta keskin odamlar bor. Anders Breyvik ham ana shular jumlasidan”, - deydi u. “Lekin zo’ravonlikka qo’l uradiganlar sanoqli”, - deydi olim.

Hujumdan sal oldin Breyvik internetda bayonot qoldirgani taxmin qilinmoqda. Uniki deya gumon qilinayotgan bu xatda Breyvik Yevropani musulmon muhojirlar bosib ketganini aytib, rasmiylarni “xristian ahliga xiyonatda” ayblagan.

Hukmron Leyboristlar partiyasi immigrantlarni qo’llab-quvvatlab, Norvegiya qadriyatlarini poymol qildi, deb hisoblaydi u.

Voqea Ikkinchi Jahon Urushidan beri bu qadar zo’ravonlik bilan yuzlashmagan Norvegiyani zir titratgan.

Qatliomda ayblanayotgan shaxs: Norvegiyani musulmon muhojirlar bosib ketdi

Qatliomda ayblanayotgan shaxs: Norvegiyani musulmon muhojirlar bosib ketdi

Norvegiyadagi qatliom ketidan Britaniya xavfsizlik choralarini oshirib, ektremist, millatchi guruhlar ustidan nazoratni kuchaytirdi.

“Terrorizmning har qanday ko’rinishining oldini olish kerak. Yevropa Ittifoqi ogoh turishi kerak”, - dedi Bosh vazir Deyvid Kameron Milliy Xavfsizlik Kengashida so’zlar ekan.

Osloda o’nlab odamni o’ldirganlikda gumon qilinayotgan Anders Breyvik Britaniyaning yashirin ekstremist guruhi tomonidan yollanganini aytgan.

Bu uyushma islomni qo’llab-quvvatlagan har qanday davlatni nishonga oladi, degan Breyvik.

Deyvid Kameron bu so’zlarga “jiddiy e’tibor berib, tekshiruv boshlaymiz”, deydi.

Norvegiya poytaxti Osloda dushanba kuni 100 mingdan ziyod odam yig’ilib, o’lganlarni xotirladi. Marosimda Bosh vazir Yens Stoltenberg va qirol hamda qirolicha qatnashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG