Norvegiyada terror xurujlari

  • Amerika Ovozi

Oslo, 22 iyun 2011

Oslo, 22 iyun 2011

Norvegiyaning Oslo shahrida hukumat idoralari, jumladan, Bosh vazir Yens Stoltenberg idorasi yonida bomba portlagan. Yetti kishi o'lgan, jarohat olganlar ko'p. Bosh vazirga shikast yetmagan.

Norvegiyada terror xurujlari

Norvegiyada terror xurujlari

Oradan bir necha soat o'tib, Oslo g'arbidagi oroldagi yozgi lagerda politsiya kiyimini kiygan bir kishi o't ochib, kamida 80 odamni o'ldirgan. Halok bo'lganlarning aksariyai bolalar.

Politsiya voqealarni ichki terrorizm deb atamoqda. Xalqaro terror tashkilotlari, jumladan al-Qoida yoki boshqa islomiy guruhlarning aloqasi borligi haqida ma'lumot yo'q.

Norvegiyada terror xurujlari

Norvegiyada terror xurujlari

Norvegiya Adliya vaziri Knut Storberget deydiki, bu ikki xuruj bir-biriga bog'liq. Hozircha ularda ayblanib bir kishi qamoqqa olingan. U Norvegiya fuqarosi. Ruhan nosog'lom shaxs ekani aytilmoqda.

Bosh vazir Yens Stoltenberg ham ommaga murojaat qilib, o'lganlarga hamdardlik bildirgan. U bugungi xurujlarni "tinchliksevar Norvegiya tarixidagi qora kun" deb atagan.

Norvegiyada terror xurujlari

Norvegiyada terror xurujlari

Haqiqatdan ham mamlakatda Ikkinchi jahon urushidan beri bunday xunrezlik kuzatilmagan.

Amerika rahbari Barak Obama Norvegiya xalqiga ta'ziya bildirib, jinoyanti qoralagan. "Biz bunday mudhish damlarda siz bilan birgamiz", - deydi u.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun voqeadan dahshatda ekanini aytib, Norvegiyani bardam bo'lishga, sabr-toqatga undagan.

Portlash joyidan olingan video (Andreas Xelgeson)

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG