Norvegiyada o’n minglar millatlar ahilligini kuyladi

  • Amerika Ovozi

Oslo

Oslo

Norvegiya poytaxti Osloda o’n minglab fuqarolar yig’ilib, ahillik, millatlar do’stligini olqishlamoqda. Odamlar gullar va bayroqlar ko’tarib, tinchlik haqida kuy-qo’shiqlar aytmoqda.

O’tgan yilning iyulida norvegiyalik Anders Bering Breyvik hukumat idorasi va yoshlar lagerida qatliom uyushtirib, 77 odamning yostig’ini quritgan edi.

Anders Bering Breyvik

Anders Bering Breyvik

Breyvik ustidan sud ishi davom etmoqda. U dastlab Osloda binoni portlatib, sakkiz kishini o’ldirgan. Keyin Utoya oroliga borib, yoshlar siyosiy oromgohida 69 kishini otib o’ldirgan. Lagerda o’lganlar asosan 14-19 yoshlar oralig’ida edi.

Breyvikning aytishicha, bu odamlar immigratsiyani qo’llab-quvvatlab, Yevropa madaniyatini yemirishga hissa qo’shgan. Norvegiyada oliy jazo yo’q.

Breyvik aybdor topilsa, 21 yilga qamaladi va bu muhlat uzaytirilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG