Breaking News

Hukumatning maxfiy dasturlari fosh etildi, ayb kimda?


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi rahbari, mana ikki kundirki, ommaga oshkor bo’lgan maxfiy programmalar to’g’risida qonunchilar savollariga javob berayapti. Vakillar Palatasi Federal qidiruv byurosi boshlig’ini ham chaqirtirgan.
Hukumatning maxfiy dasturlari fosh etildi, ayb kimda?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00
Yuklab oling

Milliy xavfsizlik agentligi rahbari general Kit Aleksandrning aytishicha, fuqarolarning telefon va internetdagi faoliyati ustidan maxfiy kuzatuv natijasida so’nggi yillarda bir qancha terror xurujlarining oldi olingan. Ham Amerikada, ham boshqa davlatlarda.

Kuzatuv haqida ommani xabardor qilgan shaxs, kompyuterchi Edvard Snouden agentlikda shunchaki kontraktor vazifasida ishlab turib, sirli ma’lumotga yo’latilgani ayni paytda tergov qilinyapti.

“Tartib-qoidalarni qayta ko’rib chiqish kerakligini tushunaman”, - deydi general Aleksandr.

Xavfsizlik bo’yicha ekspertlarning fikricha, maxfiy programmalar fosh etilgani qanday oqibatlarga yetaklashini hozirdan aytish mushkul. Edvard Snoudenni ayrimlar qahramon deb biladi, boshqalar nazarida esa u xoin.

Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner uni sotqin deb qoraladi. “U dushmanlarimizga AQSh nimaga qodir ekanini ko’rsatib berdi”, deydi u.

Tahlilchi Stiv Buchchi ham yurt xavfsizligi tahdid ostiga qo’yilganini ta’kidlaydi.

“Amerika o’z dushmanlariga va terrorchilarga sirlarini ochib berdi, terror xurujlari qanday bartaraf etilishi haqida ularni ogoh qilib qo’ydik”, - deydi u.

Uning nazarida Milliy xavfsizlik agentligiga yog’ilayotgan tanqidlar xavfsizlikka putur yetkazishi mumkin.

“Hukumatga ishonch pasaydimi, demak, maxfiy programmalarni cheklashga harakat bo’ladi. Terroristlar Amerikaga ziyon yetkazishning yangidan yangi yo’llarini izlayotgan bir paytda, biz teskari yo’lni tanlashga majbur bo’lamiz”.

Oq uy rasmiylariga ko’ra, nozik razvedka ma’lumotlari ommaga fosh etilishi jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Muayyan axborot maxfiy deb tamg’alandimi, bunga asos bor, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

Hozir Gonkongda yashiringan Edvard Snoudenni himoya qilib chiqayotganlar ko’p.

Xavfsizlik bo’yicha ekspert Jim Volsh deydiki, axborot maxfiy bo’lishini asoslab berish hukumat zimmasida.

Edvard Snouden Britaniyaning “Guardian” gazetasiga bergan intervyusida qaltis ishga qo’l urganini tan olgan. “Har narsaga qodir razvedka idoralari bilan bellashib bo’lmaydi, buni tushunib turibman”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG