Yadroviy xavfsizlikka doir sammitda Pxenyan diqqat markazida

  • Amerika Ovozi

Obama payshanba kuni sammitda qatnashayotgan 50 davlat rahbarlariga dasturxon yozdi. Anjumanda Shimoliy Koreya yadro dasturi xavfi haqida alohida gap ketdi.

Obama payshanba kuni sammitda qatnashayotgan 50 davlat rahbarlariga dasturxon yozdi. Anjumanda Shimoliy Koreya yadro dasturi xavfi haqida alohida gap ketdi.

Juma kuni Vashingtonda yadroviy qurolsizlanishga doir sammitning ikkinchi va oxirgi kuni. Prezident Obama bu tashabbusni olti yil oldin boshlab bergan edi. Maqsad jahonda yadroviy terrorizmning oldini olish.

Obama payshanba kuni sammitda qatnashayotgan 50 davlat rahbarlariga dasturxon yozdi. Anjumanda Shimoliy Koreya yadro dasturi xavfi haqida alohida gap ketdi.

Kommunistik Pxenyan bugun, juma kuni Yaponiya dengizi tomon ballistik raketani uchirgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Shimol shu tariqa hududda Amerika va Janubiy Koreya o'tkazayotgan harbiy mashqlarga javob qilmoqda.

Obama sammit doirasida Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilari bilan ko'rishib, yadro qurolidan xoli Koreya yarimoroli istiqbolini muhokama qildi.

"Yaqin hafta va oylarda Koreya yarimorolini yadro qurolidan tozalash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni tiklash yo'lida bor kuchimizni ishga solamiz", - dedi Obama.

"Yaponiya, Amerika va Koreya xavfsizlik sohasida hamkorlikni oshirishi g'oyat muhim", - deydi Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe. "Shimoliy Koreyaning yadroviy izlanishlari ayniqsa xavotirga molik. Bu tadqiqotlar nafaqat uch mamlakat, balki butun dunyoga tahdid solayapti", - deydi Abe.

Qo'shma Shtatlar va jahon rahbarlari, shuningdek, yadro qurollarini terrorchilardan saqlash yo'llari haqida fikr almashmoqda. Bryusselda 22-mart kuni sodir etilgan etilgan xurujlar yadro inshootlari mudofaasi dolzarb ekanini namoyish etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG