Nyu-Yorkdagi portlashga aloqadorlikda gumonlangan shaxs qo'lga olindi

  • Amerika Ovozi

Yaralangan Rahami politsiya qurshovida tez tibbiy yordam mashinasiga chiqarilmoqda, 19-sentabr, 2016-yil.

Yaralangan Rahami politsiya qurshovida tez tibbiy yordam mashinasiga chiqarilmoqda, 19-sentabr, 2016-yil.

17-sentabr kuni Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida yuz bergan portlashlarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxs qo'lga olindi.

28 yoshli Ahmad Rahami politsiya bilan bo'lib o'tgan otishma ketidan Nyu-Jersining Linden shahrida hibsga olingan.

Otishmada ikki politsiyachi va Rahami yaralangan.

O'tgan uch kun ichida portlovchi moddalar bilan bog'liq yuz bergan to'rt holat yuzasidan politsiya gumondorlarni qidirib yurgan edi. Manhettenning Chelsi mahallasida yuz bergan portlashda 29 kishi jarohatlangan.

Asli afg'onistonlik bo'lgan Rahami AQSh fuqarosi. Nyu-Jersi shtatining Elizabet shaharchasida yashagan.

Federal Qidiruv byurosining aytishicha, Rahami shanba kuni kechqurun 8:30 da Chelsida yuz bergan portlash bo'yicha so'roqqa tutiladi. Uning Nyu-York shahridan 135 km. uzoqlikda Nyu-Jersida yuz bergan yana bir portlashga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Yakshanba kuni Elizabet poyezd bekatidagi chiqindi qutisidan ham portlovchi modda topilgan.

BMT Bosh assambleyasi yig'inida qatnashayotgan Prezident Barak Obamaning aytishicha, hozircha Nyu-York va Nyu-Jersidagi hodisalarni bir-biriga bog'laydigan dalil topilgani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG