Nyu-Yorkda musulmonlar ustidan yashirin tekshiruvlar

  • Amerika Ovozi

Politsiya Nyu-York shahri va uning atrofidagi 250 masjid va islomiy tashkilotlar va ularga qatnaydiganlar haqida ma’lumot to’plagan.

Politsiya Nyu-York shahri va uning atrofidagi 250 masjid va islomiy tashkilotlar va ularga qatnaydiganlar haqida ma’lumot to’plagan.

Nyu-York politsiyasi musulmonlarni ommaviy ravishda tekshirayotgani fosh etilgach, inson huquqlari himoyachilari katta kampaniya boshlagan.

Tekshiruv zimdan olib borilgani, deydi faollar, fuqaro huquqlarining qo’pol tarzda poymol etilishidir.

11-sentabr voqealari xotirlanayotgan paytda bunday xabarlar tarqagani jamoatchilik orasida qizg’in bahs-munozara uyg’otgan.

Politsiya Nyu-York shahri va uning atrofidagi 250 masjid va islomiy tashkilotlar va ularga qatnaydiganlar haqida ma’lumot to’plagan.

“Associated Press” axborot agentligining yoritishicha, politsiya Markaziy Razvedka Boshqarmasi bilan hamkorlik qilgan. Bu esa qonunga zid, chunki bu agentlik faqat xorijda olib boradi.

Nyu-York, 11-sentabr 2011

Nyu-York, 11-sentabr 2011

Nyu-yorklik huquq faoli Sayrus Makgoldrik odamlar g’azabda deydi.

AQShda hech kimni jiddiy sababsiz tintuv qilish mumkin emas. Bundan tashqari odamlar erkin e’tiqod qilish huquqiga ega.

”Bu jinoiy tekshiruv emas, balki e’tiqoddan shubhalanish, mafkurani jinoyat deya talqin qilishdek. Bu musulmonlarga “sizning diningiz va tashkilotlaringizga bu yerda joy yo’q” deyish bilan barobar”,- deydi huquq faoli Sayrus Makgoldrik.

Ekstremistlar AQShga qarshi jihod e’lon qilganida, islom, Qur’on va shariatni tilga olgan va o’z bayonotlarida dinni asos sifatida ko’rsatadi.

Huquqshunos olim, konstututsion erkinliklar bo’yicha ekspert Jozef Shmitz nazarida, islomga qo’rqinch va gumon ortida mana shu omil muhim rol o’ynamoqda.

Lekin bu har bir musulmondan shubhalanish kerak degani emas. Ularni zimdan kuzatish, bildirmay tekshirish qonunga zid va ta’qibning o’zginasi, deydi u.

Agar sinagoga yoki cherkovlar ham ommaviy ravishda tekshirilganida, amerikaliklar bunga chidab turolmagan bo’lardi. Ammo 2001 yil 11- sentabridan keyin musulmonlarga munosabat ancha salbiylashgan, deydi huquq himoyachisi Donna Liberman.

Agar sinagoga yoki cherkovlar ham ommaviy ravishda tekshirilganida, amerikaliklar bunga chidab turolmagan bo’lardi. Ammo 2001 yil 11- sentabridan keyin musulmonlarga munosabat ancha salbiylashgan, deydi huquq himoyachisi Donna Liberman.

Amerika fuqaroviy erkinliklar uyushmasi rahbari Donna Liberman ham shu fikrda.

Ommaviy tekshir-tekshir nafaqat musulmonlar huquqini toptash, balki ularning Amerika va demokratik jamiyat qadriyatlariga bo’lgan ishonchini yo’qotish bilan barobar, deydi u.

”Sizdan musulmon bo’lganingiz uchungina shubhalanishsa, qanday qilib boshqalarga ishonish mumkin? Yordam bermoqchi bo’lganingizda, niyatingiz yaxshiligiga qanday qilib boshqalarni ishontira olasiz?”

Agar sinagoga yoki cherkovlar ham ommaviy ravishda tekshirilganida, amerikaliklar bunga chidab turolmagan bo’lardi. Ammo 2001 yil 11- sentabridan keyin musulmonlarga munosabat ancha salbiylashgan, deydi huquq himoyachisi.

Tekshiruv xavfsizlikni ta’minlashning bir qismi deya cheklanayotgan Nyu- York ichki ishlar boshqarmasi “Amerika Ovozi” savollariga javob bermayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG