Nyu-York politsiyasi musulmonlarni kuzatishni bas qildi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York shahar politsiya boshqarmasi musulmon jamoalarni kuzatish bilan shug’ullangan maxfiy bo’linma tarqatilgani haqida ma’lum qildi.

Guruhdagi politsiyachilar fuqaro kiyimida josuslik bilan shug’ullangan. Musulmon jamoalar faollari bundan xabar topgach boshqarmani fuqarolar huquqlarini poymol etayotganlikda ayblab janjal ko’targan.

Nazorat kitob do’konlari, restoranlar va masjidlarda, turli tadbirlar paytida olib borilar edi. Bo’linma musulmonlarning kundalik hayotini o’rganish bilan shug’ullangan.

Politsiyaga ko’ra, ular bu bilan musulmonlar orasida terrorchilar va ularning hamtovoqlarini aniqlamoqchi, shu tariqa terror xurujlarining oldini olmoqchi bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG