Obama: boylar soliqdan bo'yin tovlamasin

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama xalqqa haftalik murojaatida yirik kompaniyalarni soliq to’lamaslik yo’llarini qidirayotganlikda aybladi.

Biznes mamlakatda, ammo qog’ozda ular o’zini xorijiy deb tanishtirib, soliqdan qochishga urinadi, deydi prezident. Mavjud qonunlar bu muammoga qarshi kurasha olmaydi, deydi u.

“Amerikaliklarni iqtisodiy jihatdan vatanparvar bo’lishga undayman”,- dedi Obama bugungi murojaatida.

Muxolifat nazarida prezident xususiy sektorga qarshi siyosatini davom ettirmoqda xolos. Obama uchun boylar dushman, bu aniq, deydi respublikachi kongressmen Stiv Deyns.

Oq uy, besh yildan oshibdiki, soliqni oshirish, amerikaliklarning karmonini quritish payida, deya tanqid qiladi Deyns.

Prezidentning javobi shuki, Amerikada hamma boy yashashga haqli, lekin soliqdan qochich jinoyat. Qonunlarni kuchaytirish kerak, deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG