AQSh Xitoy bilan hudud talashayotgan davlatlarga yordam beradi

  • Amerika Ovozi

APEK sammiti ishtirokchilari

APEK sammiti ishtirokchilari

Bugun Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig'ilishining so'nggi kuni. Filippin poytaxti Manilada politsiya APEK sammitiga qarshi namoyish qilgan odamlarni suv bilan tarqatishga urindi. Ishtirokchilar iqtisodiy mavzular, terrorizmga qarshi global miqyosda kurashni muhokama qilgan.

Sammitda qatnashayotgan AQSh rahbari Xitoyning mintaqadagi hududiy da'volariga javoban Filippin bilan xavfsizlik bobida hamkorlikni kuchaytirishga va'da berdi.

"Filippinga dengiz xavfsizligini ta'minlashda yordamni oshirmoqdamiz. Jumladan, buning uchun ikkita yangi kema ajratiladi. Xitoyning hududiy da'volari, bahsli orollardagi qurilishlarining mintaqa xavfsizligiga ta'siri haqida gaplashdik. Ziddiyatlarni yumshatish uchun jiddiy qarorlar qabul qilish kerak. Janubiy Xitoy dengizida yangi hududlarga da'vo qilish, yangi qurilishlarni boshlash, harbiy inshootlar qurishni bas qilish zarur", - dedi Obama.

Qo'shma Shtatlar Pekin bilan hudud talashayotgan mamlakatlarni qo'llab-quvvatlashga va'da bergan. Kelasi ikki yilda Filippin, Vyetnam, Indoneziya va Malayziyaga 259 million dollarlik yordam beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG