Obamaning Osiyo safaridan nimalar kutilyapti?

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Barak Obama Xitoy, Birma va Avstraliyada bo'ladigan iqtisodiy forum va anjumanlarda ishtirok etish uchun bir haftalik safarga otlanmoqda. Uchrashuvlarda Xitoy bilan aloqalarni yaxshilash, AQSh mollari eksporti hajmini oshirish hamda Xitoyning o'sib borayotgan tahdidlariga qarshi Osiyodagi ittifoqchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Tahlilchilarga ko'ra, Obama partiyasining Kongressda ko'pchilik o'rinlarni muxolifatga boy bergani uning Osiyo davlatlariga bergan va'dalari ustidan qanchalik chiqa olishini shubha ostiga qo'ymoqda.

Obama Osiyo safaridan ko'zlayotgan asosiy maqsadi mintaqada AQSh mollari savdosini kuchaytirish ekanini ta'kidladi.

"Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoning boshqa joylarida ko'proq sotilishini ta'minlash uchun eksport hajmini oshirish hamda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar ochish masalasi ustida ishlamoqchimiz. Osiyoga kelasi hafta safar qilar ekanman, shu mavzuga e'tibor qarataman", - dedi AQSh rahbari.

Xitoydan so'ng Obama Birmaga yo'l oladi. Bu yerda u hukumat rasmiylari hamda muxolifat yetakchilari bilan uchrashishi belgilangan.

Sharqiy Osiyo hamda ASEAN sammitlarida AQSh rahbari mintaqadagi hamkor davlatlar rahbarlari bilan ko'rishib, ular bilan harbiy va strategik aloqalarni kuchaytirish masalasida fikr almashishi rejalangan.

Obamaning safari Avstraliyada yakuniga yetadi. Bu yerda u "Katta Yigirmalik" anjumanida qatnashib, AQShning Osiyodagi yetakchilik roli haqida gapirishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG