Obama va Pak Pxenyanni ogohlantirdi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama va Janubiy Koreya rahbari Pak Gyn Xe. Amerika Janubiy Koreyani himoya qilishda, bu davlat bilan hamkor bo’lishda davom etadi, dedi Obama.

Prezident Obama va Janubiy Koreya rahbari Pak Gyn Xe. Amerika Janubiy Koreyani himoya qilishda, bu davlat bilan hamkor bo’lishda davom etadi, dedi Obama.

Prezident Obama va Janubiy Koreya rahbari Pak Gyn Xe Shimoliy Koreyani yadro quroli sinovini o’tkazmaslikka chaqirayapti.

Seulda qo’shma matbuot anjumanida so’zlagan Obama Pxenyan o’zini yanada yakkalashi aniq, deya ogohlantirdi. Matbuotda kommunistik davlat to’rtinchi bor yadro qurolini sinash arafasida degan xabarlar bor.

Amerika Janubiy Koreyani himoya qilishda, bu davlat bilan hamkor bo’lishda davom etadi, deya qo’shadi Obama. Shimoliy Koreyaning provokatsiyasiga qarshi AQSh va Janubiy Koreya birga chora ko’rish ahdida qat’iy, deydi u.

Osiyo bo’ylab safar qilayotgan Oq uy rahbari aynan Seulda to’xtagani Shimoliy Koreya uchun qat’iy ogohlantirish, deydi Janubiy Koreya prezidenti Pak Gyn Xe. Pxenyanning provokatsiya-ig’vosiga chidab o’tirmaymiz, deydi u.

Obama, shuningdek, Yaponiya va Janubiy Koreya o’rtasida bahsga sabab bo’layotgan tarixiy ixtilofni ham tilga oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida janubiy koreyalik ko’plab ayollar yapon fohishaxonalarida ishlashga majbur qilingan. Obama bu qora kunlarni afsus bilan eslab, Seul va Tokioni murosaga chaqirdi.

Shuningdek, Amerika prezidenti o’tgan hafta Janubiy Koreya sohillarida ro’y bergan yo’lovchi kema halokati borasida ta’ziya bildirdi. Fojeada yuzlab o’quvchilar nobud bo’lgan edi.

Bundan oldin Barak Obama Yaponiyada bo’ldi va ikki mamlakat savdo-xavfsizlik bo’yicha qo’shma bayonotlarni e’lon qildi. Ikkisi Xitoy mintaqadagi talash manzillar uzra yaqinda joriy etgan havo mudofaa zonasi haqida tashvish bildirmoqda, biroq Pekin bilan sermahsul hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidlaydi.

Seuldan keyin Obama Malayziyaga, keyin Filippinga jo’naydi. 2009-yilda prezidentlikka kelgan Obama Osiyoga beshinchi bor safar qilishi. U Osiyo-Tinch okeani regioni bilan iqtisodiy, diplomatic va harbiy rishtalarni ustuvor yo’nalish deb belgilagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG