Prezident Barak Obama bu hafta Filippin va Malayziyada

  • Amerika Ovozi

Manila, 17-noyabr, 2017

Manila, 17-noyabr, 2017

Prezident Barak Obama bu hafta Filippin va Malayziyaga safar qilarkan, TPP nomini olgan Trans-Tinch okeani hamkorligiga alohida urg’u bermoqda. Ko’p tomonlama savdo kelishuvi Obama ma’muriyatining Osiyo-Tinch okeani mintaqasini katta strategik ahamiyatga ega hudud deb belgilashi mahsuli.

TPP savdo bitimini AQSh va Tinch okeani mintaqasining 11 mamlakati imzolagan. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 40 foizi aynan shu mamlakatlarga tegishli.

Prezident Obama Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) hamda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitlarida mintaqaviy savdoga alohida urg’u beradi.

“Prezident o’z faoliyatini boshlaganidan beri ustuvor yo’nalish deb belgilagan masalaga TPP yordamida alohida urg’u berdi. Amerika manfaatlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan chambarchas bog’liq. Bu regionda bizning xavfsizlikka oid manfaatlarimiz iqtisodiy manfaatlarimiz bilan uyg’un,” – dedi Prezident Obamaning Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Syuzan Rays.

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti, Manila, Filippin

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti, Manila, Filippin

AQSh rahbari mintaqa davlat rahbarlari bilan uchrashadi. Maqsad – Osiyoda qonun ustuvorligiga asoslangan yangi tartibni yaratish va bu bilan mintaqa mamlakatlariga tinch yo’l bilan jadal rivojlanish imkonini berish.

“Biz bitim bo’yicha hamkorlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlayapmiz, yangi sheriklar bilan rishtalar o’rnatib, APEC va ASEAN kabi mintaqaviy institutlarni faollashtirmoqchimiz. Shu maqsadda prezident kelasi hafta sammitlarda qatnashadi. Mintaqada taraqqiyotning yangi bosqichi boshlanishini umid qilamiz”, - deydi Rays.

Tahlilchilarga ko’ra, APEC sammiti AQSh uchun mintaqa taraqqiyotiga hissa qo’shish imkoniyatini beradi.

“TPP va APEC AQSh uchun Osiyoning katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlari bilan yaqinlashish yo’li. Rasmiy Vashington aynan shu mintaqada jiddiy iqtisodiy o’sish kuzatilayotganini yaxshi tushunadi,” – deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidan Myurrey Hibert.

Savdo bitimi uni imzolagan davlatlar parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. AQSh Kongressida esa hujjatga qarshilar kam emas.

Manilada jurnalistlar oldida, 17-noyabr, 2017

Manilada jurnalistlar oldida, 17-noyabr, 2017

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG