Obama al-Qoida rahbariga qarshi reyd tafsilotlarini aytib berdi

  • Amerika Ovozi

“Dunyoga dong’i ketgan ekstremist, terrorichiga qarshi operatsiya haqida hatto Oq Uyda yaqin maslakdoshlarim ham bilmadi. O’ta maxfiy reja edi bu ”, - deydi prezident.

“Dunyoga dong’i ketgan ekstremist, terrorichiga qarshi operatsiya haqida hatto Oq Uyda yaqin maslakdoshlarim ham bilmadi. O’ta maxfiy reja edi bu ”, - deydi prezident.

Prezident Barak Obama al-Qoida rahbariga qarshi kechgan operatsiyani izohlar ekan, o’sha 40 daqiqani abadiyatga qiyosladi. “O’sha kuni butun fikru xayolim Pokistonning Abbotobod shahrida maxsus kuchlarda edi”, - deydi u.

Prezident Barak Obama Amerikadagi Si-Bi-Es (CBS) telekanaliga intervyu berib, Osama bin Ladenga qarshi amaliyot haqida batafsil aytib berdi.

Al-Qoida rahnamosi o’tgan hafta Abbotobod shahridagi katta hovlisida Amerika maxsus kuchlari tomonidan o’ldirilgan edi.

Obamaning aytishicha, razvedka ma’lumotlari qanchalik ishonchli bo’lmasin, Osama bin Laden 100 foiz o’sha yerda deb oldindan aytish qiyin edi.

“Operatsiya uzoq va puxta rejalandi. Maxsus kuchlarimiz u yerga har narsaga tayyor holda bordi”,- deydi prezident.

Hujum haqida Pokiston hukumatiga nega xabar berilmadi?

“Dunyoga dong’i ketgan ekstremist, terrorichiga qarshi operatsiya haqida hatto Oq Uyda yaqin maslakdoshlarim ham bilmadi. O’ta maxfiy reja edi bu ”, - deydi prezident.

“Yaqinlarimga, ishongan odamlarimga ham aytmagan gapni begona tomonga aytarmidim?” – deydi Barak Obama.

Uning aytishicha, Pokistonda bin Ladenni yoqlovchilar bo’lgan va ular terrorchini o’z qanoti ostiga olgan.

Lekin Barak Obama bu bilan to’g’ridan-to’g’ri Pokiston hukumatini ayblamayapti.

“Rasmiy Islomobod hissasi bor-yo’qligi aniq emas”, - deydi prezident. “Tekshirayapmiz, hozircha javob berolmayman”.

Terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilib kelayotgan Pokiston Osama bin Laden o’lganidan mamnun, ammo o'z sarhadlari buzilganidan shikoyat qilmoqda.

AQSh olib borgan mazkur operatsiya Pokistonda keskin tanqid ostida. Muxolifat nazarida davlat suvereniteti poymol etilgan va hukumat buning uchun javob berishi kerak.

“Voqeani tergov qilamiz”, - deydi Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G'iloniy.

“Voqeani tergov qilamiz”, - deydi Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G'iloniy.

Bosh vazir Yusuf Rizo G’iloniy bugun parlamentda so’zlab, Osama bin Ladenga qarshi operatsiya yuzasidan hisobot berdi.

“Voqeani tergov qilamiz”, - deydi u.

G’iloniy mamlakat armiyasi va razvedkasi terrorchini yashirgan yoki uni topishga qurbi yetmagan degan da’volarni rad etmoqda.

Pokiston qurolli kuchlari va maxfiy xizmati mustahkam, deydi bosh vazir.

G’iloniy Osama bin Laden masalasida mamlakat maxfiy xizmati xato qilganini tan oladi. “Biroq nafaqat Pokiston, balki butun dunyo razvedka xizmatlarining xatosi edi bu”, - deydi u.

Pokiston siyosiy doiralari bin Ladenning ta’siri va qudratini shubha ostiga oladi.

“U yashagan binoda na internet, na telefon bo’lgan. U shu holda al-Qoidani qanday boshqargan bo’lishi mumkin”? - deya ajablanadi ular.

Ekspertlar nazarida ham al-Qoida o’tgan yillar ichida ancha tarqoqlashib, mayda guruhlarga aylanib ketgan va bin Ladensiz faoliyat yuritib keladi.

AQSh-Pokiston aloqalari al-Qoida yetakchisining o’limidan oldin ham tarang edi.

Amerika kuchlari Pokiston shimoli-g’arbida jangarilar manzillarini havodan nishonga olib keladi. Yil boshida AQSh agenti Lohurda ikki kishini o’ldirgan.

O’tgan hafta Pokistonda mahalliy matbuot AQShning mamlakatdagi bosh razvedkachisi ism-sharifini oshkor etgan.

Janubiy Vaziristonda shu kunlarda jangarilar namoyish qilib, bin Laden o’limi uchun qasos olishini aytmoqda.

Amerika rasmiylari bin Laden o’lgani bilan terrorizmga qarshi kurash to’xtab qolmasligini tan oladi.

Prezident Obamaning davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchisi Tom Donilon bin Ladenning uyidan “bir dunyo axborot olib chiqildi” deydi.

Uning aytishicha, video va audio materiallar, kompyuter fayllari va hujjatlardan shunisi ayonki, bin Laden strategik rol o’ynab, al-Qoida xurujlarini rejalash va amalga oshirishda muhim rol o’ynagan.

Tasmalardan birida soqoliga oq oralagan bin Laden kichik bir xonada cho’kkalab, qo’lida pult bilan televizorga tikilib o’tirganini ko’rish mumkin.

“Amerika xalqiga murojaat” sarlavhali boshqa bir videoda soqoli qoraga bo’yalgan, pardozlangan holda gavdalanadi.

Yana bir videoda esa bin Laden o’zi haqidagi lavhalarni diqqat bilan kuzatib borgani tasvirlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG