Obama Amerikada tug'ilganini tasdiqlovchi hujjatni e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Barak Obama 1961 yilning 4 avgustida Gavayi shtatida tug'ilgani haqidagi guvohnoma

Barak Obama 1961 yilning 4 avgustida Gavayi shtatida tug'ilgani haqidagi guvohnoma

Oq Uy prezident Barak Obamaning AQShda tug'ilganligini yana bir bor tasdiqlash maqsadida bu haqdagi guvohnomaning asl nusxasini omma e'tiboriga e'lon qildi.

Prezident tanqidchilari, xususan Respublikachilar partiyasining o'ta konservativ doiralarida Obama aslida Amerika farzandi emas degan ishonch keng tarqalgan.

Obamaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasida uning 1961 yilning 4 avgustida Gavayi shtati poytaxti Xonoluluda dunyoga kelgani ko'rsatilgan. To'liq ismi Barak Husayn Obama. Otasi Barak Husayn Obama afrikalik, aniqrog'i Keniyadan, onasi Ann Stenli Dunxam esa oq tanli amerikalik bo'lgan. Ular Gavayi Universitetida tanishgan va keyinroq ajrashib ketishgan. Ikkisi ham bir necha yil burun vafot etgan.

Obama aslida kim degan savol uning ashaddiy raqiblari tomonidan tez-tez ko'tariladigan mavzu. Yaqinda o'tkazilgan ommaviy so'rovlarda respublikachilarning 45 foizi prezidentning AQShda tavallud topganiga ishonmasligini aytgan.

Uning otasi musulmon bo'lgani, Afrikadagi qarindoshlari islomga e'tiqod qilishi o'zini nasroniy xalq deb biladigan ayrim amerikaliklar tomonidan tanqid ostiga olinadi. Ular nazarida Obama "aslida musulmon" ekanini yashirib, prezidentlikka saylanish uchun o'zini nasroniy deb tanishtirgan.

Obama va uning tarafdorlari nazarida esa bu g'irt safsata.

"Bunday be'mani gap-so'zlarga javob berishga fursat yo'q",- deydi Obama, Oq Uydan turib jamoatchilikka murojaat qilar ekan.

Yoshligida Obamani Berri (Barry) deb chaqirishgan. Keyinroq u ismini rasman Barak deb o'zgartirgan.

Yoshligida Obamani Berri (Barry) deb chaqirishgan. Keyinroq u ismini rasman Barak deb o'zgartirgan.

"Mamlakatimiz oldida qancha-qancha murakkab muammolar turibdi. Men ularga yechim qidirish, muhim qarorlar qilish bilan bandman. Safsata sotishga vaqtim yo'q".

Demokrat Obama 2012 yilda Oq Uyga qayta saylanish uchun kampaniya boshlagan.

Raqib tomon, Respublikachilar Partiyasidan hali hech kim nomzodini e'lon qilmagan, ammo harakatda yurganlar bor.

Obama Amerikada tug'ilganini tasdiqlovchi hujjatni e'lon qildi

Obama Amerikada tug'ilganini tasdiqlovchi hujjatni e'lon qildi

Ulardan biri milliarder Donald Tramp bo'lib, u Obamaning qayerda tug'ilganini shubha ostiga olib kelayotgan arboblardan biri.

"Obama mening talabim sabab ham tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini ko'rsatdi",- deydi Tramp.

Oq Uyning javobi esa quyidagicha:

Guvohnoma hech qachon sir tutilmagan. Bu oshkora jamiyat. Hujjatni odamlar Gavayi sog'liq saqlash boshqarmasi arxividan istagan payt olib ko'rishi mumkin. Prezidentda uning original nusxasi bor xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG