Obama 2014-yil byudjetini taklif qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama va uning byudjet masalalari bo'yicha maslahatchisi Jefri Zints Oq uyda yangi byudjet haqida ma'lumot bermoqda, 10-aprel, 2013-yil

Prezident Barak Obama va uning byudjet masalalari bo'yicha maslahatchisi Jefri Zints Oq uyda yangi byudjet haqida ma'lumot bermoqda, 10-aprel, 2013-yil

Prezident Barak Obama 2014-yil byudjetini taklif qilar ekan, kelasi 10 yilda kamomad ikki trillion dollarga qisqarishi umid qilinmoqda.

Buning uchun badavlat amerikaliklar va kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari kesilishi yoki umuman bekor qilinishi, yiliga bir million dollar yoki undan ko’p daromad ko’ruvchilarga 30 foizlik soliq stavkasi belgilanishi ko’zda tutilgan.

Obama byudjetining qiymati 3,77 trillion dollarga teng bo'lib, ulug’ yoshdagi amerikaliklar uchun zarur ijtimoiy va tibbiy himoya dasturlarini ham kesish kutilmoqda.

Prezident byudjet loyihasi kamomadni yopish uchun eng mukammal reja emasligini tan olmoqda.

Biroq uning aytishicha, unda ham respublikachilar, ham demokratlarning talab va takliflari uyg’unlashgan.

Bugun Obama rejani muhokama qilish maqsadida Oq uyda 12 nafar respublikachi qonunchi bilan uchrashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG