Obama: Lotin Amerikasi - dunyoning ilg'or qismi

  • Amerika Ovozi

Prezidentlar Barak Obama va Sebastian Pinera, Santiago, Chili, 21 mart 2011

Prezidentlar Barak Obama va Sebastian Pinera, Santiago, Chili, 21 mart 2011

AQSh rahbari Barak Obama Lotin Amerikasi bo'ylab safarini davom ettirar ekan, bugun Chilida prezident Sebastian Pinera bilan uchrashdi.

So'ngra Santiagoda siyosat ahli oldida so'zladi.

"Lotin Amerikasi - dunyoning navriqon va jadal rivojlanayotgan qismidir. Buni tan olishimiz kerak",- deydi u.

Prezident fikricha, Braziliya va Chili singari davlatlar qashshoqlik girdobidan chiqish yo'lini topgan va bugunga kelib oyoqda mustahkam turishga qodir jamiyatlar. Xususan, Braziliya iqtisodiyoti tezlikda rivojlanayotgan davlatlar qatorida.

Rio de Janeyro, Braziliya, 20 mart 2011

Rio de Janeyro, Braziliya, 20 mart 2011

"Bugun sizning yurtingiz tinch. Ichki urushlar poyoniga yetgan. Qo'shnilar bilan chegara tortishuvlari tingan. Ular bilan til topisha oldingiz",- deya ta'kidlaydi Obama.

"Lotin Amerikasi bugun nafaqat o'zini boqa olayapti, balki global iqtisodiyot va xavfsizlikka ham ulkan hissa qo'shmoqda".

Santiago, Chili, 21 mart 2011

Santiago, Chili, 21 mart 2011

Bu davlatlardan chiqqan askarlar hozirda BMT tinchlik posbonlari safida xizmatda.

1973-1990 yillar orasida diktatura ostida hayot kechirgan Chilida bugun demokratiya.

"O'tish davri oson kechmadi, ammo unga bardosh berdingiz. Xalqaro hamjamiyatning to'laqonli a'zosiga aylana oldingiz. Sizga ishonamiz, sizni tayansa bo'ladigan hamkor deb bilamiz", - deydi Obama.

Safarini Braziliyadan boshlagan AQSh prezidenti Chilidan keyin Salvadorga yo'l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG