Obama super-qo'mitaga katta umidlar bog'lagan

  • Amerika Ovozi

Obama super-qo'mitaga katta umidlar bog'lagan

Obama super-qo'mitaga katta umidlar bog'lagan

Prezident Barak Obama Kongress qoshida har ikki partiya qonunchilari ishtirokida tuzilgan maxsus qo'mita federal byudjet kamomadini kelasi 10 yilda 1,2 trillion dollarga qisqartirish rejasini o'z vaqtida ishlab chiqadi, degan umidda.

Super-qo'mita deb atalayotgan bu guruhga 23-noyabrgacha muhlat berilgan.

Obamaning aytishicha, rejada nafaqat davlat xarajatlarini kamaytirish, balki daromadni oshirish yo'llari ham aks etishi kerak. Kongressning har ikki palatasi qo'mita tavsiyalarini 23-dekabrgacha tasdiqlashi lozim.

Agar qonunchilar murosaga kela olmasa, mudofaa tizimi va ichki dasturlarga ajratilgan pul avtomatik ravishda kamaytiriladi.

Qo'mitaning respublikachilar tomonidan hamraisi Jeb Xensarlingning aytishicha, muzokaralar qiyin kechmoqda, ammo umid so'nmagan. Demokratlar va muxolifat o'zlari muhim deb bilgan jabhalar uchun pulni byudjetda saqlab qolishga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG