Obama "Islomiy davlat" ga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Obama Kongress yetakchilari bilan uchrashmoqda

Obama Kongress yetakchilari bilan uchrashmoqda

Oq uyning bildirishicha, Prezident Barak Obama Kongressdan "Islomiy davlat"ga qarshi kuch qo'llashga ruxsat olmoqchi. Qo'shma Shtatlar bir necha davlat ishtirokida koalitsiya tuzib, Iroq va Suriyada jihodchilarni havodan nishonga olib keladi.

Obamaning aytishicha, Iroqqa piyoda askarlar kiritilmaydi, iroqlik harbiylarni tayyorgarlikdan o'tkazish uchun jo'natilgan qismlar janglarda ishtirok etmaydi.

Prezident kecha Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining Senat va Vakillar palatasidagi yetakchilari bilan Oq uyda uchrashgan. "Islomiy davlat"ga qarshi kurash, kiberxavfsizlik va iqtisodiyot haqida gap ketgan.

Obama Eron bilan yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokaralar ketayotgan bir paytda unga qo'shimcha sanksiyalar qo'yilishiga qarshi. Ayrim qonunchilar shunga da'vat etmoqda.

Kongressning har ikki palatasi hozir respublikachilar qo'lida. Ular prezidentning sog'liqni saqlash tizimi islohotini bekor qilib, immigratsiya islohotiga doir farmoniga to'siq qo'ymoqchi.

Shunday bo'lgan taqdirda Obama respublikachilar taklif etgan qonun loyihalariga veto qo'yishini bildirdi.

"Umid qilamanki, barchamiz hamkorlik qilib, Amerika manfaatlarini hamma narsadan ustun qo'yamiz", - dedi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG