Breaking News

Obama: Tortishuvda hech kim yutgani yo'q


Pope Francis speaks during a meeting with Mehmet Gormez, head of Turkey's Religious Affairs Directorate, (not pictured), in Ankara, Nov. 28, 2014.
Pope Francis speaks during a meeting with Mehmet Gormez, head of Turkey's Religious Affairs Directorate, (not pictured), in Ankara, Nov. 28, 2014.
AQSh rahbari Barak Obama nazarida kecha Kongressda erishilgan murosa hech kim uchun g'alaba emas.

Davlat byudjeti vaqtida qabul qilinmagani uchun tizim 16 kun ishdan to'xtab qoldi. Bir millionga yaqin xodim majburiy, bepul ta'tilda o'tirdi. Amerika 24 milliard dollar zarar ko'rdi.

Xalq Vashingtondagi keskin tortishuvlardan to'ygan, deydi prezident. Siyosat, siyosatchilar va butun tuzumga ishonch pasayib ketgan.

"Mashmashalar davlatimizga qanchalik qimmatga tushganini oddiy xalq qiynalayotganidan, maoshsiz qolgan oilalar, maktabga bora olmay qolgan bolalar, sog'lig'iga qaray olmayotgan keksalardan so'rang. Savdo susaydi, bizneslarning daromadi tushdi, qancha-qancha moliyaviy qarorlar kechikdi",- deydi prezident.

Kecha Kongressning har ikki palatasi ma'qullangan hujjat hukumatni 2014-yilning 15-yanvarigacha moliya bilan ta'minlaydi va davlat qarziga qo'yilgan cheklovni 7-fevralgacha bekor qiladi, ya'ni Amerika qonunda belgilangan miqdordan ham ko'proq kredit olishi mumkin.

Agar bundan qilinmaganida tizim defoltga uchragan bo'lar edi. AQSh o'z moliyaviy majburiyatlarini baraja olmasa, nafaqat bu yurt, balki global iqtisod zarar ko'radi.

Prezident fikricha respublikachilar uni yoqtirmagani uchun byudjetni ma'qullamadi. Bu esa vijdonsizlik, deydi Obama.

"Meni yoqtirmasangiz, boring, harakat qilib, saylaning. Xalq ovozini oling. Vaziyatdan norozi bo'lsangiz, yangilashga harakat qiling, lekin tizimni ishdan chiqarmang",- dedi Obama bugun Oq uydan turib gapirar ekan.

Kredit reytingini yuqori darajada saqlash Qo'shma Shtatlar uchun oliy masala, deydi prezident Obama. Shuningdek, byudjet kamomadini ozaytirish, iqtisodiy o'sishni ta'minlash hamda immigratsiya va qishloq xo'jaligi bilan bog'liq muammolarni hal etish.

Lekin bunga qanday erishish borasida Kongressdagi ikki hukmron partiya turlicha fikrda.

Respublikachilar nazarida avvalo prezidentning Sog'liqni saqlash borasidagi islohotini bekor qilish kerak. Qimmat va samarasiz dastur, deydi ular.

Demokratlar nazarida esa 1-oktabrdan kuchga kirgan qonun samarasini hozirdan baholash nohaqlik. Sog'liqni saqlash sohasi tub o'zgarishlarga muhtoj va islohotlar boshlash ayni muddao, deydi ular.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG