Barak Obama turizmga zo’r bermoqchi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama Disneylendda

Prezident Barak Obama Disneylendda

AQSh prezidenti Barak Obama turizm sanoatini yanada rivojlantirishga va’da bermoqda. Soha taraqqiy etsa, yangi ish o’rinlari ochilib, iqtisod o’sadi.

“Amerikani ko’raman deganlar qancha-qancha! Tog’u toshlar, tabiat, me’moriy obidalarimiz, sayilgohlar va ko’ngilochar manzillarimizni ko’raman deganlar son-mingta”, - dedi prezident sayyohlar orasida tanilgan Disneylendda so’zlar ekan.


Obama AQShga kirish uchun turist vizasi olishi shart bo’lmagan mamlakatlar sonini oshirishini aytdi; Xitoy va Braziliya kabi davlatlardan sayyohlar uchun viza berish tartibini yengillashtiramiz, dedi. Lekin bu tashabbus xavfsizlikka tahdid bo’lmaydi, deydi Obama.

Amerika rahbari joriy yilgi prezident saylovlarida g’alaba qozonish niyatida. Raqib respublikachilar uni sakkiz foizdan oshgan ishsizlik va zaif iqtisodiyotda ayblab, tanqid qiladi.

Tijorat vazirligi hisobiga ko’ra, 2010-yilda Amerikaga salkam 60 million sayyoh kelib, 134 milliard dollar sarflagan. Ichki va xorijiy turizm Amerikada 7.5 million ish o’rni yaratadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG