Breaking News

Obama bugun iqtisodiyotdan so’zlaydi, so’ng navbat debatlarga


Prezident Barak Obama bugun demokratlar qurultoyida xalqqa murojaat qiladi. Nutq Shimoliy Karolina shtati, Sharlott shahrida seshanba boshlangan syezdni yakunlab beradi.



6-noyabr, prezident saylovlariga to’qqiz hafta qolmoqda va Respublikachilar partiyasidan raqibi Mitt Romni bilan bahsda teng ketayotgan Obama uchun bu – kimga ovoz berishini bilmay turgan fuqarolarni zabt etish uchun imkoniyat.

Bugun, shuningdek, vitse-prezident Jo Bayden ham sahnaga chiqib, lavozimga ikkinchi bor nomzodlikni qabul qiladi.

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton kecha Demokratlar partiyasi qurultoyida amaldagi rahbar Barak Obamani qo’llab-quvvatladi. Obamani yangi ish o’rinlari yaratgani, tashqi siyosati va tibbiy sug’urtaga doir imzolagan yangi qonuni uchun maqtadi.

Ayrim respublikachilar boshdanoq prezident Obamani mag’lub etishni ustuvor vazifa qilib belgilagan edi, deya eslatadi Klinton.

“Bu arboblar avvalo Amerikani oyoqqa turg’izish haqida emas, prezidentdan qutulish haqida o’ylaydi”, - deydi Klinton.

Jorjiya shtatidan kelgan delegat Al Vilyams prezident Obamani qo’llab-quvvatlashga bel bog’lagan.

“Ilhomga to’ldim. 40 yillik hayotimda beshinchi bor demokratlar syezdida qatnashayapman. Saylovda ishtirok etishga tayyorman”, - deydi u.

Obama bugungi chiqishida xalqni eng ko’p qiynayotgan masala, asosan iqtisodiyot haqida so’zlashi kutilmoqda.

Tahlilchi Jon Zogbi fikricha, prezident amaldagi zaif iqtisodiyot borasida, yutuqlari haqida dangal so’zlashi kerak.

Bill Klinton prezident Obamani himoya qilib, respublikachilarni nishonga oldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Yuklab oling


“To’rt yil oldingidan ahvolimiz yaxshi deyish bilan ish bitmaydi. 2008-yilgi saylovda boshqa arbob g’alaba qozongan taqdirda, holimiz voy bo’lar edi, deya xalqni ishontira olishda gap”, - deydi ekspert.

Syez tugab, prezidentlikka nomzodlar o’rtasida debatlarga navbat tegadi. Birinchisi 3-oktabrga rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG