Obama musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama Qurbon hayiti munosabati bilan Amerika va dunyo musulmonlarini tabrikladi.

"Mishel va men mamlakatimiz va dunyo bo'ylab Iyd al-Adhani nishonlayotgan musulmonlarga o'zimizning eng iliq tilaklarimizni yo'llaymiz - deyiladi Oq uy orqali e'lon qilingan Obama tabrigida. - Bu maxsus bayram Ibrohim tomonidan ko'rsatilgan ahd, qat'iyat va qurbonlikni xotirlash paytidir".

"Bu vaqtda hayotning barcha jabhalaridagi musulmonlar masjidlarda, jamoat markazlarida hamda uylarida do'stlari bilan yig'ilib, ibodat qiladi hamda muhtojlarga ehson va yaxshilik ulashadi", - deya qo'shimcha qildi Obama.

AQSh rahbari o'z tabrigida dunyo bo'ylab tarqalgan millionlab qochoqlarni ham tilga oldi. U AQShning urushdan qochgan muhojirlarni iliq qabul qilishda davom etishini eslatib o'tdi.

"Jamoat birdamligi va mehribonlik Iyd al-Adhani nishonlayotganlarga xush xabarlar olib kelsin. Oilamiz nomidan sizlarga bayram muborak bo'lsin", - deya o'z tabrigini yakunladi Barak Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG