AQSh chetdan kamroq yonilg'i sotib olmoqda, deydi Obama

  • Amerika Ovozi

Oq uy, 6-noyabr, 2013

Oq uy, 6-noyabr, 2013

Prezident Barak Obama bugun xalqqa qilgan haftalik murojaatida, “davlatimiz o’zini o’zi energiya bilan ta’minlaydi”,- dedi.

O’tgan 20 yildan beri ilk bor Amerika yonilg’iga talabini ichki mahsulot bilan qondira boshladi. Ya’ni mahalliy energiya ta’minoti import qilinayotgan yonilg’i hajmidan ko’proq.

“Energetik mustaqillik yo’lidan boramiz”, - deydi Obama. “Shuningdek, quvvatni ayab ishlatish yo’lidan boramiz. Kamroq tok, kamroq benzin… Energetik manbalarni isrof qilish davri o’tdi”.

Bu boylikni avaylayotgan, muqobil energiya manbalaridan foydalanayotgan bizneslar va fuqarolarga imtiyozlar beriladi, deydi prezident.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG