Katta Yettilik Bavariyada majlis qildi

  • Amerika Ovozi

Katta Yettilik majlis qilmoqda, Garmish-Partenkirxen, Germaniya, 7-iyun, 2015-yil

Katta Yettilik majlis qilmoqda, Garmish-Partenkirxen, Germaniya, 7-iyun, 2015-yil

Prezident Barak Obama Germaniyada Katta Yettilik sammitida ishtirok etmoqda. Bugun u Bavariyaning tog'li Garmish-Partenkirxen shahri yaqinidagi qishloqda kansler Angela Merkel bilan norasmiy tarzda uchrashgan. Tomonlar AQSh-Germaniya aloqalari, Rossiyaning Ukraina siyosati haqida gaplashmoqa.

Kecha minglab namoyishchilar sammitga norozilik bildirib ko'chaga chiqqan, ayrim joylarda politsiya bilan to'qnashuvlar kuzatilgan.

Rossiya Qrimni o'ziga qo'shib olishi natijasida Katta Sakkizlik guruhidan haydalgan edi. G'arb davlatlariga ko'ra, Kreml Qrimni Ukrainaga qaytarib, bu mamlakat sharqidagi isyonchilarga yordamini bas qilsagina, unga qo'yilgan sanksiyalar bekor qilinib, Katta Yettilik yana Katta Sakkizlikka aylanishi mumkin.

Rossiya Qrim aholisi referendum natijasida qo'shilish istagini bildirgan deya, Ukraina sharqidagi isyonchilarni qurol va askar bilan ta'minlayotganini inkor etib keladi.

Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tuskning aytishicha, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalarni uzaytirishni rejalamoqda.

Katta Yettilik Gretsiyaning qarz muammosi xususida ham gaplashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG