Obama Nyu-Yorkka borib, 11 sentabr fojiasi qurbonlarini yodga oldi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York, 5 may 2011

Nyu-York, 5 may 2011

AQSh maxsus kuchlari Pokistonda al-Qoida terror guruhi yetakchisi Osama bin Ladenni o'ldirganidan to'rt kun o'tib, prezident Barak Obama Nyu-Yorkka, 2001 yilning 11 sentabrida dahshatli xurujlarni boshdan kechirgan shaharga borib, fojia qurbonlarini xotirladi.

Terrorchilar olib qochgan ikki samolyot urilgan Jahon Savdo Markazining egizak binolari qulab yer bilan yakson bo'lgan.

Yana bir yo'lovchi samolyot Pensilvaniya shtatining Shanksvill shahrida vayron bo'lgan.

To'rtinchi samolyot esa aslida Oq Uyni nishonga olgan, ammo Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligining Virjiniya shtatidagi qarorgohiga kelib tushgan.

Nyu-York, 11 sentabr 2011

Nyu-York, 11 sentabr 2011

11 sentabr voqealarida qariyb 3000 amerikalik o'lgan. Amerika tarixda bunday qonli kunni ko'rmagan.

Obama o'lganlarni yod aylab, Nyu-Yorkda sukut saqladi va gulchambar qo'ydi.

So'ngra ularning yaqinlari bilan uchrashdi. Oilalarning dardini tingladi va ularga hamdardlik bildirdi.

Prezidentning bu safari timsoliy ma'noga ega bo'lib, maqsad - 11 sentabr fojiasi uchun javobgar asosiy shaxs deb qaralgan Osama bin Ladenning o'ldirilgani adolat yo'lida tashlangan muhim qadam ekanini bildirish.

Marhumlarning oilalari prezidentdan minnatdor ekanini aytib, undan terrorizmga qarshi kurashni davom ettirishni, al-Qoidani yo'q qilish uchun harakatni susaytirmaslikni so'ragan.

Nyu-Yorkda bir paytlar Jahon Savdo Markazining egizak binolari turgan joy

Nyu-Yorkda bir paytlar Jahon Savdo Markazining egizak binolari turgan joy

Oradan 10 yil o'tib ham fojia qoldirgan yara bitmagan, alam va g'azab taskin topmagan.

"Maxsus kuchlar shu mamlakat farzandlari, qo'rqmas fuqarolar. O'sha kuni Pokistonda bu operatsiyani olib borayotganida ular siz haqingizda o'yladi va bu ishni siz uchun, Amerika tinchligi uchun qildi",- deydi Obama yurtdoshlariga qarab.

Nyu-Yorkda bir paytlar ikki osmono'par bino turgan joy bugun yirik qurilish maydoni. U yerda katta yodgorlik, park va muzey ochilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG