Breaking News

Arab rahbarlari Amerikadan xavfsizlik kafolati oldi


Qo’shma Shtatlar Fors ko’rfazidagi ittifoqchi davlatlarni tashqi xavfdan himoya qiladi, ular bilan xavfsizlik bobida hamkorlikni kuchaytiradi. Vashingtonda o’tgan AQSh-arab sammitida ana shunday bayonotlar yangradi.

Arab rahbarlari Amerikadan xavfsizlik kafolati oldi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:48 0:00

Sammit deya ta’riflangan bo’lsa-da, Vashingtonga taklif etilgan arab rahbarlaridan ikki nafari keldi, xolos. Ayrimlar buni Eron bilan ketayotgan muzokaralardan norozilik belgisi deya talqin qilmoqda.

Prezident Obamaning aytishicha, uchrashuvlar samarali o’tdi. U Fors ko’rfazidagi ittifoqchilarga qarata shunday dedi:

“Bu davlatlar tashqi xatar bilan yuzlashgan taqdirda Qo’shma Shtatlar yordamga keladi. Mintaqadagi muammolarga yechim topishda hamkorlikni yanada kuchaytiramiz”.

Arab yetakchilar shunday bayonot kutgan edi. Ularning xavotiri shundaki, AQSh Yaqin Sharqdagi azaliy ittifoqchilariga diqqat qaratmayapti. Eron esa Yaman va Suriyada tobora faollashmoqda, ekstremist to’dalar bundan foydalanmoqda.

Obama muloqot samimiy ruhda o’tganini aytdi. Arab rahbarlar fikricha, agar Eronga qo’yilgan iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa, Tehron regionda buzg’unchilik faoliyatini oshiradi.

“Bu masalani muhokama qildik. Jazo choralari olib tashlansa, Eron moliyaviy jihatdan oyoqqa turadi va yovuz guruhlarga ko’proq mablag’ ajratishi mumkin, degan qarash bor”, - dedi AQSh rahbari.

Aytish joiz, agar lozim bo’lsa, AQSh arab davlatlari himoyasiga otlanadi, degan yozma kafolat berilgani yo’q. Ammo mudofaa bobidagi hamkorlik bir necha karra oshadi. Fors ko’rfazidagi ittifoqchilar bilan ko’proq harbiy mashqlar o’tkazish, qurol savdosini osonlashtirish ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG