Obama, qirol Salmon Riyodda muzokara qiladi

  • Amerika Ovozi

Obama prezidentligi davrida Riyodga to'rtinchi safari bo'ladi bu.

Obama prezidentligi davrida Riyodga to'rtinchi safari bo'ladi bu.

Prezident Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon chorshanba Riyodda muzokara qiladi. Uzoq yillik ittifoqchi davlatlar rahbarlari terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy nizolar borasida fikrlar tobora tarqoq bir paytda ko'rishmoqda.

Obama prezidentligi davrida Riyodga to'rtinchi safari bo'ladi bu.

Payshanba kuni esa Obama va qirol Salmon Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi sammitida qatnashadi. Ko'rfazning olti mamlakati, xususan, Saudiya, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Bahrayn va Ummon rasmiylari keladi.

Amerika, G'arb davlatlari "Islomiy davlat" to'dasini ham mintaqa, ham dunyoga tahdid sifatida ko'radi. Lekin ko'rfaz mamlakatlari nazarida asosiy tahdid Eron, Suriya rahbariyati va Yamandagi hutiy isyonchilaridir.

Aholisi asosan sunniylardan iborat Saudiya hutiylarga qarshi keng, qimmat harbiy amaliyotga boshchilik qilib keladi.

Oq uyning bildirishicha, Obama va ko'rfaz davlatlari rahbarlari hamkorlik yo'llarini muhokama qiladi. Sal oldin Amerika-Saudiya aloqalari haqidagi savolga Obama Riyodni "tekinxo'r" degan ma'noda tanqid qilgan edi. Uningcha, Riyod Amerikaning xavfsizlik yo'lida ko'rayotgan harbiy choralaridan foyda ko'rayapti-yu, lekin mas'uliyatni birday bo'yniga olmayapti.

Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni qo'shnisi, shia Eron bilan kelishib yashashni o'rganishi kerak.

Oq uy rasmiysi Rob Mallining so'zlariga ko'ra, Riyod-Vashington rishtalari murakkab. Ha, Yamandagi kabi mazhablararo nifoqlar gumanitar halokatlarga yetaklayapti, deydi u. Natijada koalitsiyani "Islomiy davlat" va al-Qoidaga qarshi kurashdan chalg'itayapti. Shunday ekan, Oq uy mazhablararo adovatni tinchlantirishga urinmoqda. Toki bor e'tibor yana terrorchi to'dalarni yo'q qilishga qaratilsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG