Barak Obamaning Xirosimaga safari oldidan bahslar

  • Amerika Ovozi

AQSh rahbari Vyetnamga tashrifidan so’ng Yaponiyaga ham boradi. Barak Obama Xirosima shahrini ziyorat qilishi kutilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi yakunida AQSh yadro hujumiga uchragan bu shaharga shu kunga qadar Amerika prezidentining qadami yetmagan.

Ayrimlar Xirosimaga 1946-yil avgust oyida atom bombasi tashlangani uchun Obama uzr so’rashi kerak, deydi. Boshqalar esa AQSh rahbariga u yerga umuman bormaslikni tavsiya qiladi.

Qo'shma Shtatlar o’shanda Nagasaki shahriga ham atom bombasi tashlagan edi. Natijada yuz minglab odamlar nobud bo’lgan. Ba’zilari o’sha zahoti, boshqalar esa nurlanishdan, yillar o’tib. AQSh rasmiylariga ko’ra, o’sha hujumlar Ikkinchi jahon urushini tezroq tugatishga imkon bergan, biroq tanqidchilar nazarida har ikki bomba Yaponiya harbiylariga emas, tinch aholi yashovchi shaharlarga tashlangan edi.

Yaqinda Xirosimaga AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham borib keldi.

Barak Obama bu shahardagi nutqida yadro qurolining dunyoga tahdidi hamda bu turdagi qurollarni kamaytirish ahamiyatiga urg’u beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG