Breaking News

Obama Kongressga: TPP bitimini tasdiqlang


Prezident Barak Obama har ikkala partiyaga a’zo siyosatchilar, xavfsizlik va biznes doiralari vakillari bilan birgalikda Kongressni Trans-Tinch okeani hamkorligi (TPP) nomini olgan savdo bitimini ratifikatsiya qilishga da’vat etdi.

AQSh global iqtisod qonun-qoidalarini belgilashi kerak, dedi prezident. Bitimning imzolanishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan hamkorlikka katta urg’u bergan prezident uchun katta ahamiyatga ega. Obama yangi savdo kelishuviing o'zidan meros qolishini istaydi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi “eng ko’p sonli aholiga ega va katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan hudud”, - dedi Obama.

"Biz Amerikada ishlab chiqarilgan tovarlarni sota olamiz, Amerika bizneslarini ilgari suramiz va Amerika ishchilariga yordam beramiz”.

Har ikkala partiyada TPP bitimi tarafdorlari ko’p bo’lsa-da, Kongress a’zolari uni ratifikatsiya qilishga shoshilmasligi mumkin.

Adolatli savdoni talab qilayotgan namoyishchilar
Adolatli savdoni talab qilayotgan namoyishchilar

Qarshilik

Prezidentlikka nomzodlar bitimga qarshi. Respublikachi Donald Tramp kelishuvni “musibat” deb atagan. Demokrat Hillari Klinton esa bitim amerikalik ishchilar manfaatlariga zid deb hisoblaydi.

Obama fikricha esa TPP “yuqori mezonlarga avob beradigan bitim”. Hujjatning amal qilishi oqibatida AQSh mahsulotlariga qo’yiladigan tariflar pasayadi, boshqa davlatlar Amerika bilan bir pog’onada bo’lish uchun o’zining ish sharoitlari va tabiat muhofazasiga oid talablarini oshiradi, deydi prezident.

Obamaning TPP bitimi tashabbusini qo'llab-quvvatlayotganlar. 16-sentabr 2016-yil
Obamaning TPP bitimi tashabbusini qo'llab-quvvatlayotganlar. 16-sentabr 2016-yil

Qudratli tarafdorlar

Obama tarafdorlari orasida Nyu-Yorkning sobiq meri, taniqli tadbirkor, milliarder Maykl Blumberg, Luiziana shtatining demokrat gubernatori Jon Bel Edvards va Ogayoning respublikachi gubernatori Jon Keysik bor.

“Hozirda Xitoy Osiyoda o’z savdo muhitini barpo etishga urinmoqda. Men sizga bir narsani aniq aytishim mumkin: Xitoy Amerika kompaniyalari va bizneslari manfaatlarini ko’zlaydigan qoidalar belgilamaydi”, - dedi Obama

Shuning uchun AQSh mintaqada o'z qoidalarini o'rnatishi kerak, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG