Breaking News

Obama: Muhojirlar Amerika qiyofasida aks etadi


Obama: Amerika - muhojirlar yurti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:23 0:00

Prezident Barak Obama Vashingtonda yangi amerikaliklarni fuqarolikka qabul qilish marosimida qatnashib, xalqni nafrat va mutaassiblikdan saqlanishga chaqirdi. Bu bilan u musulmonlarga qarshi fikr bildirgan ayrim siyosatchilarga ishora qilib o'tdi.

Prezident Obama dunyoning 25 davlatidan kelgan 31 muhojirni fuqarolik bilan qutladi.

"Muhojirlik - bizning tariximiz. Ikki asrdan oshibdiki, u milliy qiyofamizning o'zagiga aylangan. U bizning eng eski an'anamiz. Kimligimiz shu bilan belgilanadi", - dedi u.

Braziliya, Iroq, Kongo va Filippin kabi o'lkalarda tug'ilgan yangi fuqarolar prezidentni bu gaplari uchun olqishladi.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp yaqinda musulmonlarni AQShga kiritmaslik haqida so'zlagan bo'lsa, Ted Kruz faqat suriyalik nasroniy qochoqlarni kiritish kerak, degan taklifni olg'a surgan edi.

Parij va San-Bernardino shaharlarida yuz bergan xurujlar ortidan AQSh bo'ylab musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchaygan.

20 dan ortiq shtat gubernatori xavfsizlikni vaj qilib suriyalik qochoqlarni qabul qilmasliklarini e'lon qildi.

Obama esa bunday da'volarning qo'rquvga asoslanganini aytib, Amerika qadriyatlariga zid ekanini ta'kidladi.

"Har qanday shakldagi nafrat va mutaassiblikka qarshi ochiq gapirishimiz kerak. Muhojir dehqonning farzandi bo'ladimi yoki musulmon do'kondormi, amerikaliklar bunga yo'l qo'ymaydi", - dedi Obama.

Yangi fuqaro Lorella Preli bag'rikenglikka urg'u beradi.

"Prezident bugun aytganidek, kimligimizni, bir davlat sifatida nimani namoyon qilishimizni unutmaylik. Shu bilan Amerikani yanada kuchli qilamiz", - deydi u.

Oq uy musulmonlarga nisbatan adolatsiz munosabatga qarshi kurashishga bel bo'glab, diniy bag'rikenglikni targ'ib qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG