Breaking News

Vashingtonda inauguratsiya tadbirlari boshlandi


Qo'shma Shtatlarda prezident inauguratsiyasi rasman boshlanib ketdi. Omma oldidagi qasamyod marosimi dushanba kuni tushda, lekin bugundan e’tiboran Vashingtonda turli tadbirlar o’tmoqda.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-yanvar, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:08 0:00
Yuklab oling

Umummamlakat ko’ngilli xizmat kuni e’lon qilingan. Unga prezident Barak Obama va rafiqasi Mishell Obama bosh-qosh.

Shtatlar bo’ylab hasharlar, xayriya yig’inlari, yo’qsil oilalarning holidan xabar olish, oziq-ovqat tarqatish, Afg’onistondagi qo’shinlarning oilalariga yordam ko’rsatish, yetimxonalar va mehribonlik uylariga borib, norasida insonlarning ko’nglini olish…

“Muruvvat ulashish hammamizning burchimiz”,- deydi Mishell Obama.

Prezident bu lavozim uchun ertaga Oq Uyda qasamyod qiladi. Qonunan, uning yangi muddati 20-yanvarda boshlanishi kerak.

Ertasiga esa xalq oldida unga xizmat qilish va bosh qomusni har narsadan ustun qo’yishga yana bir bor ont ichadi.

21-yanvar dam olish kuni deb e’lon qilingan. Inauguratsiya uchun emas, balki o’sha kuni bu yurt qahramoni, irqiy tenglik uchun kurashib jonini fido qilgan Martin Lyuter Kingning tug’ilgan kuni.

Obama qasamyod marosimida qo’lini ikki “Injil”ga qo’yadi. Biri Martin Lyuter King o’qigan “Injil”, ikkinchisi esa bu davlat birligini saqlab qolgan, uni fuqarolik urushidan olib chiqqan Avraam Linkolnga tegishli.

Prezident inauguratsiyas/Presidential inauguration
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG