Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda


Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

AQSh prezidenti Barak Obamaning Hindistonga safari davom etyapti. Bugun u Mumbay shahridan Dehliga yo’l olib, Bosh vazir Manmoxan Singx bilan uchrashgan.

Hindiston moliyaviy markazi Mumbayda talabalar bilan muloqot qilar ekan, Obama AQSh-Pokiston munosabatlariga to’xtab o’tgan.

“Terrorizmga qarshi kurashda Islomobod bilan yaqindan hamkorlik qilyapmiz, lekin maqsadga erishdik deyishga hali erta”, - deydi prezident.

Hindiston qo’shni Pokistondan Mumbaydagi xurujlarni uyushtirgan ekstremistik guruhlarga qarshi keskin chora ko’rishni talab qilib keladi. Ikki raqib davlat o’rtasida aloqalar tarang.

Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

Barak Obama Hindiston va Pokistonni tinchlik va murosaga chaqirar ekan, Qo’shma Shtatlar har ikkisiga do’st va hamkor, deydi.

“AQSh va Hindiston o’rtasida iqtisodiyot va boshqa sohalarda hamkorlikka kelganda, imkoniyatlar cheksiz. Hindiston dunyoning yetakchi davlatlari safidan munosib o’rin egallamoqda”, - deydi AQSh rahbari.

Mumbay shahrida Hindiston biznes ahli bilan muloqotda, Barak Obama ikki davlat o’rtasida savdo va sarmoyani kengaytirish yo’lidagi to’siqlarini olib tashlashga chaqirgan.

“Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston AQSh uchun katta bozor, keng imkoniyatlar maydoni”, - deydi u.

AQSh rahbari uchun iqtisodiyoti jadal o’sib borayotgan bu davlat bilan biznes rishtalarni kuchaytirishdan bosh maqsad - Qo’shma Shtatlarda ish o’rinlari yaratish.

Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

Obama raqib davlatlar – Hindiston va Pokistonni tinchlik va muloqotga undamoqda

Amerikada iqtisodiy ahvol og’irligicha qolar ekan, Demokratlar partiyasi, Obamaning safdoshlari, saylovda Kongressning bir palatasini muxolifatga boy bergan.

Kecha Hindiston kompaniyalari bilan 10 milliard dollarga teng yangi kelishuvlar imzolangan. Obamaning aytishicha, bu AQShda 50 mingdan oshiq ish o’rinlari yaratadi.

Prezident va uning rafiqasi 2008 yilda terror hujumini boshdan kechirgan Taj-Mahal mehmonxonasida joylashgan.

“Ushbu maskan Hindiston xalqining chekinmas ruhi va irodasi ramzi”, -dedi Obama, o’shanda halok bo’lgan 166 kishining yodiga atab bunyod etilgan yodgorlikni ko’zdan kechirar ekan.

Osiyo bo’ylab 10 kunlik safari chog’ida prezident Obama Indoneziya, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham bo’ladi. Seulda Katta Yigirmalik anjumanida qatnashadi.

XS
SM
MD
LG