Obama nazarida Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo’lishga loyiq

  • Amerika Ovozi

Jahonning ikki yirik demokratiyasi - Hindiston va AQSh o’rtasida shu kunlarda muhim hujjatlar imzolandi – terrorizm, yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, iqlim o’zgarishiga qarshi chora izlash kabi sohalarda.

Jahonning ikki yirik demokratiyasi - Hindiston va AQSh o’rtasida shu kunlarda muhim hujjatlar imzolandi – terrorizm, yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, iqlim o’zgarishiga qarshi chora izlash kabi sohalarda.

Prezident Barak Obama Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo’lishga loyiq, demoqda. Bu davlatga safari poyonida AQSh rahbari bugun parlamentda so’zlagan.

Rasmiy Dehli mana bir necha yildirki, BMT Xavfsizlik Kengashining to’laqonli a’zosi bo’lishga intilib keladi. Hozirda doimiy a’zolar soni beshta – AQSh, Xitoy, Fransiya, Britaniya va Rossiya.

AQSh Hindiston nomzodini qo’llab-quvvatlagani bilan bu mamlakat ertagayoq kengash safiga kiradi degani emas. Masala yillar talab qilishi mumkin. Obamaning so’zlari konkret qadam emas, balki diplomatik, ramziy ma’no kasb etadi.

Obamaning aytishicha, aholisi 1 milliarddan ziyod, iqtisodiyoti gullab-yashnayotgan, erkin Hindiston dunyoning qudratli, yetakchi davlatlaridan biridir. AQSh-Hindiston aloqalari XXI asrni belgilab berishi aniq, deydi Dehlida Bosh vazir Manmoxan Singx bilan uchrashgan prezident.

Obama bu yurt ahliga samimiyat va mehmondo’stlik uchun rahmat aytib, “aloqalarimiz mustahkam, tashrifdan maqsad – bu qalin rishtani yanada pishiqroq qilish edi”, dedi.

Obama bu yurt ahliga samimiyat va mehmondo’stlik uchun rahmat aytib, “aloqalarimiz mustahkam, tashrifdan maqsad – bu qalin rishtani yanada pishiqroq qilish edi”, dedi.

Obama bu yurt ahliga samimiyat va mehmondo’stlik uchun rahmat aytib, “aloqalarimiz mustahkam, tashrifdan maqsad – bu qalin rishtani yanada pishiqroq qilish edi”, dedi.

Jahonning ikki yirik demokratiyasi sanalmish Hindiston va AQSh o’rtasida shu kunlarda muhim hujjatlar imzolandi – terrorizm, yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, iqlim o’zgarishiga qarshi chora izlash kabi sohalarda.

Obama Hindiston va Pokiston o’rtasida ziddiyatni hal qilishga yordam taklif qilmoqda. Biroq Qo’shma Shtatlar birovga so’zini o’tkazib, majburlamoqchi emas, deydi prezident.

Kashmir xususida to’xtalgan Obama nazarida yechim faqat va faqat Dehli va Islomobodga bog’liq. “Bosh vazir Manmoxan Singx tinchlik istashini ochiq aytmoqda. Muammoni hal qilish uchun uzoq vaqt, yillar ketishi mumkin. Muhimi ikki tomonga ma’qul mexanizmni ishlab chiqish” deydi prezident.

Hindistonda Obamaning obro'si baland

Hindistonda Obamaning obro'si baland

Manmoxan Singx ta’biricha, Hindiston Pokiston bilan muloqotga tayyor, biroq:

“Bir tomonda tinchlik haqida gapirib turib, ikkinchi tomonda terror mashinasini moylab turish yaramaydi”, - deydi u. “Pokiston terrorizmdan xoli ekanini namoyish etsa, biz ham ochilib gaplasha olamiz”, - deydi Singx.

Rasmiy Dehli 2008-yilgi Mumbay xurujida Pokistonni, bu davlatda yashiringan jangarilarni ayblab keladi. Ikki yil oldingi voqea kamida 160 odamni hayotdan olib ketgan edi.

Kuni-kecha Islomobodda so’zlagan Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy fikricha, ayb Hindistonda – Dehli tinchlik yo’lida olg’a surilgan takliflarni rad etmoqda. “Mumbay xuruji ortida turgan shaxslarni javobgarlikka tortishdan biz ham manfaatdormiz. Buning ustida ishlayapmiz”, - deydi Zardariy.

Prezident Obama hind parlamentida so’zlar ekan, Afg’oniston masalasida ham to’xtaldi. Hindiston afg’on xalqi hayotini yaxshilash, bu davlatda taraqqiyot dasturlarini yuritishga beqiyos hissa qo’shmoqda, deydi u.

Hindiston AQShga suyangan Afg’oniston rahbariyati bilan hamkorlikni mustahkamlash harakatida. Pokiston esa, deydi tahlilchilar, bu aloqani raqib Hindiston fitnasi deb ta’riflaydi.

Osiyo bo’ylab 10 kunlik safari doirasida Obama ertaga bolaligi o’tgan diyor – Indoneziyaga jo’naydi. U yerdan Janubiy Koreyaga, Katta Yigirmalik sammitiga yo’l oladi.

Anjumanda Xitoy valyuta siyosati bo’yicha so’z ochishi kutilmoqda. So’ng Obama Yaponiyaga safar qilib, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumida qatnashadi. Va nihoyat 14-noyabrda Vashingtonga qaytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG