Obama Eronni yana sanksiya bilan jazoladi

  • Amerika Ovozi

Eronda prezident Barak Obamaga qarshi namoyishlar, Tehron, 13-yanvar, 2012-yil.

Eronda prezident Barak Obamaga qarshi namoyishlar, Tehron, 13-yanvar, 2012-yil.

Prezident Barak Obama Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Chora bu davlat energetika, neft va kimyo sohalarini jazolashni nazarda tutadi.

O’z navbatida Vakillar palatasi va Senat ham rasmiy Tehronga qo’shimcha sanksiyalar qo’yishga kelishgan. Hujjatni endi Obama imzolashi kerak.

Kongress bir ovozdan ma’qullagan loyiha Eron neftini sotishda qatnashayotgan banklar, sug’urta kompaniyalari va yuk yashuvchi kompaniyalarni nishonga oladi.

G’arb xavotiri shuki, Eron yadroviy izlanishlar yordamida ommaviy qirg’in qurolini qo’lga kiritmoqchi.

Tehron tadqiqotlar faqat tinch maqsadni ko’zlashini takrorlab keladi. BMT Atom energiyasi boshqarmasi nazarida islomiy davlat yadro programmasi haqiqatan harbiy maqsadga xizmat qilishi mumkin.

Amerika Moliya vazirligi hafta boshida Xitoy va Iroqdagi ikki bankni ham sanksiya bilan jazoladi.

Eron bilan hamkorlik qilgani uchun AQSh Xitoydagi Kunlun banki va Iroqdagi Elaf islomiy banki bilan aloqani uzmoqda, deydi rasmiylar.

Vashington bu moliya idoralarini Tehron atom dasturi va xalqaro terrorizmga pul uzatishda gumon qiladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, sanksiyalar Xitoy-Amerika rishtalariga ziyon qilishi aniq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG