Obama: "Isroilning AQShdan kattaroq do'sti yo'q"

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Tel-Aviv aeroprotida, Isroil 20-mart, 2013-yil

Prezident Obama Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Tel-Aviv aeroprotida, Isroil 20-mart, 2013-yil

Isroilga tashrif buyurgan AQSh prezidenti Barak Obama bugun Quddusda avval bu mamlakat prezidenti Shimon Peres, so'ng Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan muloqot qildi.

"Obama mintaqada tinchlik kamol topishiga umid bildiribgina qolmay shunday ehtimol borligiga ishonchni ko'nglimizga soldi. Kelajak yorqin bo'lishini istasak, tinchlikka intilish kerak va Sizday rahbar bilan buni amalga oshirsa bo'ladi", - dedi Peres AQSh rahbariga.

Obama safari davomida AQSh Isroilga yelkasini tutib turishga tayyor ekanini bir necha bor ta'kidladi.

"Isroilning AQShdan kattaroq do'sti yo'q. Isroil bilan hamkorlikdagi ishimiz bu davlat va mintaqa bolalari uchun tinchlik va farovonlikni ta'minlashda yordam beradi", - dedi Obama.

Sal avval AQSh prezidenti Benyamin Netanyaxu bilan matbuot anjumanini o'tkazdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG