AQSh va Xitoy kiberxavfsizlikka qarshi kurashishga kelishib oldi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama va Xito rahbari Si Zinpin Kaliforniyada uchrashmoqda, 7-iyun, 2013-yil

Prezident Obama va Xito rahbari Si Zinpin Kaliforniyada uchrashmoqda, 7-iyun, 2013-yil

Kaliforniya shtatida Xitoy prezidenti bilan ikki kun muloqot qilgan AQSh rahbari Barak Obama Pekinni kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga chaqirdi. Obamaga ko’ra, texnologiyalar rivojlanib borar ekan, ularni himoya qilish mexanizmiga ehtiyoj bor.

"Har ikki davlat bu borada qoidalar majmuiga kelishib, ularni bajarishi lozim", - deydi u.

Ma’lumki, Vashington xitoylik xakerlarni uning harbiy va iqtisodiy sirlarini o’g’irlayotganlikda ayblab, uning ortida Pekin turganini da’vo qiladi, ammo Xitoy hukumati bu ayblovlarni inkor etib, o’zi ham AQSh kiberxurujlariga uchrab turishini aytadi.

Si Zinpinning Obama bilan uchrashuvda aytishicha, uning davlati kiberxavfsizlikka jiddiy e’tibor beradi. Xitoy prezidenti biz ham bunday xurujlarga uchrab turamiz, dedi, biroq AQShni to’g’ridan-to’gri ayblamadi.

"Qo’shma Shtatlar xalqaro iqtisodiyotda tartib bo’lishi tarafdori. Har bir davlat kelishilgan qoidalarga ko’ra o’zini tutishi lozim. Savdo erkin va halol bo’lishi kerak. Kiberxavfsizlik va intellektual mulkni himoya qilish masalalarida AQSh va Xitoy hamkorlik qilishi zarur", - dedi Obama.

Ikki rahbar Shimoliy Koreya yadro dasturi va iqlim o’zgarishi mavzularida ham gaplashgan.

Xitoy rahbariga ko’ra, ikki davlat munosabatlari yangi tarixiy nuqtaga yetdi.

"Aloqalarning yangi modeli asosida hamkorlik qilishdan umidvormiz", - dedi Si Zinpin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG