Obama: Kongress tezroq harakat qilmasa, bir millionga yaqin amerikalik ishsiz qoladi

  • Amerika Ovozi

Demokrat prezident respublikachilar hukmron Vakillar Palatasi bilan tez-tez achchiq so'zlar almashib turadi

Demokrat prezident respublikachilar hukmron Vakillar Palatasi bilan tez-tez achchiq so'zlar almashib turadi

Prezident Barak Obama Kongressga, Amerika qonunchilariga murojaat qilib, transport sohasi islohoti bo’yicha loyihani tezroq ma’qullashni so’ramoqda.

Davlat rahbari bugungi haftalik murojaatida shuni ta’kidladiki, agar Kongress bu hujjatni sentabr oyi oxiirgacha tasdiqlamasa, 1 millionga yaqin fuqaro ishidan ayriladi.

Qonunchilar ayni damda yozgi ta’tilda va kelasi hafta oxirigacha ishga qaytmaydi. Transport va qurilish bilan bog’liq loyihalar odatda tasdiqdan o’tadi.

Lekin bugungi kunda Vashingtonda siyosiy keskinlik shu qadar kuchliki, demokrat prezident va respublikachilar hukmron Vakillar Palatasi biror masalada kelisha olishi amri mahol.

Kongress, AQSh parlamenti

Kongress, AQSh parlamenti

Demokratik partiya nazarida respublikachilar Barak Obamaning qayta saylanmasligi uchun u taklif qilayotgan har narsani rad etishga bel bog’lagan.

“Har birimiz partiyabozlikni bas qilib, mamlakat iqtisodiyoti yo’lida zarur qarorlar qilishimiz kerak”,- deydi Obama.

Kelasi payshanba prezident Kongress huzuriga borib, ham vakillar, ham senatorlar oldida nutq so’zlaydi.

Obama ish joylarini ko’paytirish va iqtisodiyotni tiklash borasida yangi rejasini tushuntiradi.

Respublikachilar “marhamat” deydi , lekin prezident byudjetdagi kamomadni pasaytirish yuzasidan aniq takliflar bilan chiqsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG