Obama adliya tizimini isloh qilishga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Barak Obama adliya tizimini odilroq qilishga va qamoqxona tizimini isloh etishga chaqirar ekan, Amerika tarixida federal qamoqxonaga borgan ilk amaldagi prezident bo'ldi.

Obama giyohvand moddalar bilan bog'liq nozo'ravon jinoyatlar uchun majburiy qamoq muddati minimumini qisqartirishga yoki umuman bekor qilishga, mahkumlar uchun professional malakani oshirish dasturlarini ko'paytirishga chaqirmoqda.

Amerikaliklar dunyo aholisining besh foizidan sal kamrog'ini tashkil etgani bilan dunyodagi barcha mahbuslarning 25 foizi (2,3 million odam) AQSh qamoqxonalarida o'tirganlar hissasiga to'g'ri keladi. Ya'ni salkam har yuz amerikalikning biri qamoqda.

Mahbuslarni saqlash kishi boshiga federal qamoqxonada 29 ming, shtat qamoqxonasida esa 31 ming dollarga tushadi. Eng ko'p mahbuslar Missisippi va Luiziana, eng kami esa Meyn va Minnesota shtatlarida joylashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG